12:53 / 28.03.2023
5932

Ukraina: Rossiya 4390 nafar ukrainalik bolani o‘g‘irlab ketdi

Foto: Picture Alliance

Ukrainada 4390 nafar chin yetim, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar Rossiya tomonidan o‘g‘irlab ketilgan deb rasman tan olindi. Bu haqda vaqtinchalik bosib olingan hududlar reintegratsiyasi bo‘yicha vazir Irina Vereshchuk telemarafon efirida ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlangan bolalar yo vaqtincha bosib olingan hududlarda qolmoqda yoki Rossiyaning o‘ziga olib chiqib ketilgan.

28 mart kuni Amnesty International inson huquqlari tashkiloti 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan dunyoda inson huquqlari ahvoli haqidagi hisobotini e’lon qildi. Unda Ukraina va Rossiyaga alohida hisobot bag‘ishlangan.

Huquq himoyachilari Ukrainaga bag‘ishlangan bobda Rossiya rasmiylari tomonidan ukrainaliklarni «filtrlash» deb atalgan narsalarni tasvirlab, qiynoqlar, o‘lim tahdidlari, oilalarni ajratish va bolalarni ota-onalaridan olib qo‘yish borasida dalillarga tayangan. 

Bularning barchasi Rossiya armiyasi tomonidan harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi boshqa jinoyatlar sodir etilganidan dalolat beradi, deya eslatadi hisobot mualliflari. Hisobotda inson huquqlari faollari Rossiya tomonining harbiy jinoyatlar uchun javobgarlikni Ukraina zimmasiga yuklashga urinishlarini ham esga olgan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top