07:56 / 28.03.2023
8425

Ukraina Rossiya dronlari hujumini qaytardi va 13 ta qurilmani urib tushirdi

Ukraina Rossiyaning dronlari hujumini qaytardi, 12 ta Shahed-131/136 uchuvchisiz uchog‘i, bitta "Granat-4" razvedka uchuvchisiz qurilmasi va ikkita boshqariladigan aviabomba yo‘q qilindi, deya xabar berdi Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi Telegram'dagi bayonotida.

Foto: Picture Alliance

Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Kiyev atrofidagi havo hududida «dushmanning barcha nishonlarini» yo‘q qildi, dedi shahar harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popko. Unga ko‘ra, yo‘q qilingan dronlardan birining bo‘laklari poytaxtning Svyatoshinskiy tumaniga tushib ketgan, natijada turar joy bo‘lmagan binoda yong‘in sodir bo‘lgan.

18 martga o‘tar kechasi ham Rossiya Ukrainaga ko‘p sonli uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qilgandi. 

Kiyev va Kiyev viloyatida, shuningdek, Poltava, Xarkiv, Chernihov, Jitomir, Xerson, Mikolayiv, Rovno, Xmelnitskiy, Ternipil va Lviv viloyatlarida havo trevogasi e’lon qilindi. Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari rossiyaliklar Shahed dronlari bilan shimoliy va janubi-sharqiy yo‘nalishlardan hujum qilganini tasdiqladi.

Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlarining Kiyev, Jitomir, Chernihov va Dnipropetrovsk viloyatlaridagi ishi haqida xabar berilgan. Dnipropetrovsk viloyati osmonida uchta UUA, taxminan -  Shahed-131/136 urib tushirilgan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top