16:32 / 29.03.2023
4063

O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 3 baravarga oshgan

Foto: KUN.UZ

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakat turizm salohiyatini jadal rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Bu borada qabul qilingan choralar katta natijalar berishni boshlagani ta’kidlandi. 2022 yilda tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 2021 yilga nisbatan 3 baravarga oshdi (5,2 million, soha eksporti – 1,6 milliard dollar). 

Ichki turizm dasturlari doirasida 11,5 million, shundan 1,5 million ehtiyojmand aholi, yoshlar va keksalar sayohatlari tashkil etildi. Samarqandda yangi turizm markazi barpo etilgani qo‘shimcha 2 million sayyoh jalb qilish imkonini berdi. 

Bu yili Butunjahon turizm tashkilotining Bosh assambleyasi yig‘ilishini o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bundan tashqari, Samarqand 2023 yilgi Butunjahon turizm poytaxti maqomini olgan.

Top