09:59 / 13.04.2023
19689

Talabalarga 2-kursdan boshlab ishlashiga ruxsat berish rejalashtirilyapti

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalari talabalarini mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga imkoniyat yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra:

  • oliy ta’lim muassasalari talabalarini ikkinchi kursdan (ayrim ta’lim yo‘nalishlarida ikkinchi kursdan keyingi kurslardan) boshlab oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat etiladi;
  • haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq to‘lanadigan stajirovka o‘tayotgan talabalarni ishga qabul qilishda sertifikat talab qilinmaydi;
  • talabalarni sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga faqat oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan davrida ruxsat etiladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga quyidagilarni nazarda tutuvchi talabalarga mutaxassisligi bo‘yicha ishlash huquqini beruvchi sertifikat berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifalari yuklanadi:

  • sertifikat beriladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati;
  • sertifikatni ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qaysi kursdan boshlab berilishi;
  • sertifikatni berishda inobatga olinadigan holatlar.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qish davrida mutaxassisligi bo‘yicha ishlashini inobatga olib, 2024 yilga qadar xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatorini hamda malaka darajalariga erishish sxemasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish choralarini ko‘rishi taklif etilmoqda.

Top