Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev maslahatlashuvlar uchun Belarusdagi elchisini chaqirib oldi
Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Minskda Rossiya tomonidan tayinlangan «DXR rahbari vazifasini bajaruvchi» Denis Pushilin bilan uchrashib, Donetskka «yordam» berishga tayyorligini bildirdi.
Denis Pushilin va Aleksandr Lukashenko
Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Minskda Rossiya tomonidan tayinlangan «DXRning muvaqqat rahbari» Denis Pushilinni qabul qilganidan so‘ng, Ukraina 18 aprel, seshanba kuni o‘zining Belarusdagi elchisi Igor Kizimni maslahatlashuvlar uchun Kiyevga chaqirib olishini ma’lum qildi.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi bayonotida Lukashenko va Pushilin o‘rtasidagi uchrashuv «Donetskdagi Rossiya okkupatsion ma’muriyati vakilini qonuniylashtirishga (...) urinish» deb ataldi. «Og‘ir jinoyatlar sodir etgani uchun Ukraina tergovidan yashirinib yurgan, Ukraina va xalqaro sanksiyalar ostida bo‘lgan Rossiya okkupatsion ma’muriyati vakili bilan uchrashuvni Belarus Respublikasining tajovuzkorni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi ochiq-oydin nodo‘stona harakati, deb hisoblaymiz», - deya bayonot berdi Ukraina vazirligi.
Shu bilan birga, Kiyev Minskni «bunday buzg‘unchi qadamlardan tiyilishga va Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiv urushini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga» chaqirdi.
«DXR rahbari vazifasini bajaruvchi» Denis Pushilin 18 aprel kuni Minskda Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi. Lukashenko matbuot xizmatining xabar berishicha, bu uchrashuvda u Pushilindan Belarus Donetskka qanday yordam bera olishini so‘ragan.
Mavzuga oid
10:30
Lukashenko Trampning “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga rozi bo‘ldi
09:25
Zelenskiy: Kiyevda bir milliondan ortiq iste’molchi elektrsiz qoldi
19:16 / 20.01.2026
Ukraina bo‘ylab yangi zarbalar: Kiyevda yana 6 mingta ko‘p qavatli uy issiqliksiz qoldi
09:11 / 14.01.2026