19:02 / 24.04.2023
12543

O‘zbekistonga qo‘shni davlatlarda qizamiq kasalligi ko‘paygani aytildi

Qirg‘izistonda qizamiq va qizilcha bilan bog‘liq vaziyat jiddiy deb baholanmoqda.

Foto: Fotolia

Qirg‘iziston immunoprofilaktika markazi direktori Gulbara Ishenapisova so‘zlariga ko‘ra, yanvar oyidan buyon mamlakatda qizamiq va qizilcha kasalligi bilan bog‘liq 178 ta holat qayd etilgan.

«Vaziyat jiddiyligicha qolmoqda. Ta’kidlaymanki, o‘sish nafaqat bizda. Rossiyada mingdan ortiq, Tojikistonda 500 dan ortiq, O‘zbekistonda 30 ta, Turkiyada 100 dan ortiq holat qayd etilgan. Kasallikni chetdan olib kirishyapti. Shuning uchun men ota-onalarni farzandi haqida o‘ylashga, KPK-vaksinasining birinchi dozasini 1 yoshda, ikkinchisini esa maktabdan oldin, 6 yoshda qabul qilishni o‘tkazib yubormaslikka chaqirmoqchiman», dedi u.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab qizamiqning tarqalish xavfi saqlanib qolmoqda, uning sababi - Covid-19 pandemiyasi va aholi o‘rtasida profilaktik emlash miqdorining kamayishi.

2023 yil mart oyi boshidagi ma’lumotlarga ko‘ra, quyidagi mamlakatlarda qizamiq bilan kasallanishning o‘sishi kuzatilgan: Tojikistonda — 513 ta, Turkiyada — 286 ta, Rossiyada — 233 ta, Qozog‘istonda — 75 ta, Buyuk Britaniya - 56 ta holat.

Qizamiq - bu virus keltirib chiqaradigan yuqumli, infeksion kasallik. Ushbu infeksiya yuqori sezuvchanlik bilan tavsiflanadi. Ya’ni, ilgari qizamiq bilan kasallanmagan va emlanmagan odam qizamiq bilan kasallangan bemor bilan aloqa qilsa, uni yuqtirib olish ehtimoli juda yuqori. Qizamiq havo tomchilari orqali yuqadi.

Qizamiqqa qarshi maxsus davolash usullari yo‘q.

Top