12:26 / 27.04.2023
5739

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushirildi 

Xalqaro kongress markazida Ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi. Uning yalpi majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Islohotlar natijasida O‘zbekistonning mintaqadagi iqtisodiyoti eng yuqori diversifikatsiya qilingan mamlakat sifatidagi maqomi yanada mustahkamlangani qayd etildi.

Bir yilning o‘zida 100 mingga yaqin yangi korxonalar tashkil qilindi, kiritilgan xorijiy sarmoyalarning yillik hajmi 10 milliard dollarga yetdi yoki islohotlar boshlangan 2017 yilga nisbatan 3 barobar oshdi, 1 millionga yaqin aholi kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushirildi. Islohotlar boshlangan davrda bu ko‘rsatkich 30 foizdan yuqori edi.

"Albatta, bu yutuqlarda siz, hurmatli hamkorlarimizning o‘rni beqiyos. Oxirgi yillarda sizlarning ko‘magingiz bilan mamlakatimizda minglab zamonaviy korxonalar tashkil qilindi, yirik loyihalar amalga oshirildi, yuz minglab yuqori daromadli yangi ish o‘rinlari yaratildi", - dedi prezident.

Davlat rahbari ana shunday yutuqlarga munosib hissa qo‘shayotgan barcha xorijiy va mahalliy investorlarga, hamkor davlatlar hukumatlariga, xalqaro moliya institutlariga chuqur minnatdorlik hamda yuksak hurmat va ehtiromini bildirdi.

Top