12:09 / 27.04.2023
4034

Shavkat Mirziyoyev: Xalqaro maydonda davom etayotgan murakkab jarayonlar dunyo iqtisodiyotini jiddiy sinovdan o‘tkazyapti

Xalqaro kongress markazida ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi. Uning yalpi majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari O‘zbekistonning yaqin do‘stlari va ishonchli hamkorlari bo‘lgan xorijiy hukumatlar va xalqaro moliya institutlari vakillari hamda nufuzli kompaniyalar rahbarlari bilan ushbu forum doirasidagi uchrashuvlar yaxshi an’anaga aylanib borayotganini qayd etdi.

“Sizlarning mehmondo‘st diyorimizga tashrifingizni yurtimizga hurmat va islohotlarimizga ishonch, deb qabul qilamiz”, - dedi prezident.

Xalqaro maydonda hozirgi vaqtda davom etayotgan murakkab va tahlikali jarayonlar, bashorat qilib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar dunyo iqtisodiyotini jiddiy sinovdan o‘tkazayotgani qayd etildi. 

Bunday ziddiyatli sharoitda bugungi uchrashuv ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga, yangi biznes imkoniyatlarini kashf etishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Top