09:52 / 29.04.2023
5284

O‘zbekiston va Yaponiya savdo va investitsiyaviy hamkorlikni oshirishni muhokama qildi

TIV rahbarining o‘rinbosari va Yaponiya elchisi muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama savdo va investitsiyaviy hamkorlik hajmini oshirishga alohida e’tibor qaratdi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahrom A’loyev Yaponiya elchisi Takashi Xatorini qabul qildi.

Uchrashuvda siyosiy, parlamentlararo, madaniy-humanitar sohalarda qo‘shma dasturlarni amalga oshirish hamda O‘zbekiston-Yaponiya muloqotining istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish, jumladan, savdo va investitsiyaviy hamkorlik hajmini oshirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Turli shakldagi bo‘lajak muloqotlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Top