19:17 / 01.05.2023
7965

Toshkentda qush va hayvonlar noqonuniy sotilayotgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentdagi qush bozorida cho‘l toshbaqasi, tipratikan va sa’va qushi noqonuniy sotilayotgani aniqlangan.

Foto: Tabiat resurslari vazirligi

Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Olmazor tumani, Qoraqamish dahasida reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida 2 fuqaro tomonidan qush bozorida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 32 bosh O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi, 6 bosh uzun ignali tipratikan va 5 bosh sa’va qushi noqonuniy sotilayotgani aniqlangan. Jonivorlar olib qo‘yilib, hayvonot bog‘iga topshirilgan.

Holat yuzasidan «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks»ning 90-moddasi bilan jarima jazosi qo‘llangan. Uning miqdori xabarda keltirilmagan.

Top