10:23 / 08.05.2023
22531

O‘zbekiston U-20 jamoasining jahon chempionati uchun yakuniy tarkibi ma’lum

Foto: tribuna.uz

O‘zbekiston U-20 jamoasining Argentinada o‘tadigan jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasi e’lon qilindi.

Bosh murabbiy Ravshan Haydarov tarkibga 21 futbolchini kiritdi. 

Darvozabonlar: Otabek Boymurodov («Paxtakor»), Asror Kenjayev («Neftchi»), Edem Nemanov («Chig‘atoy»); 

Himoyachilar: Abduqodir Husanov («Energetik BGU», Belarus), Mahmud Mahamadjonov («Bunyodkor»), Saidafzal Ahrorov («Turon»), Jahongir O‘rozov («Bunyodkor»), Diyor Ortiqboyev («Paxtakor»), Abubakr Ashurov ((«Paxtakor»), Izzatillo Po‘latov («Metallurg»), Zafarmurod Abdurahmatov («Nasaf»); 

Yarimhimoyachilar: Behruz Asqarov («Paxtakor»), Sherzod Esanov («Andijon»), Shahzod Rahmatullayev («Paxtakor»), Shahzod Akramov («Nasaf»), Nodir Abdurazzoqov (OKMK), Abbos Fayzullayev («Paxtakor»), Umarali Rahmonaliyev («Rubin», Rossiya); 

Hujumchilar: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov («Paxtakor»), Rustam Turdimurodov («Paxtakor»), Shahzod Ne’matjonov («Metallurg»). 

Jamoa kichik mundial oldidan dastlab Ispaniyada yig‘in o‘tkazadi. So‘ng Montevideoga yo‘l olib, Urugvay bilan o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musobaqani 20 may kuni mezbonlarga qarshi ochilish o‘yini bilan boshlaydi. Shuningdek, Osiyo chempionlari guruh bosqichida Yangi Zelandiya (23 may) va Gvatemala (26 may) bilan bahs olib boradi.

Top