15:09 / 13.05.2023
7673

Litva Orolbo‘yi mintaqasi uchun COVID-19'ga qarshi vaksinalarni taqdim etdi

Litva O‘zbekistonga Orolbo‘yi mintaqasi uchun COVID-19'ga qarshi vaksinalarni topshiradi.

Foto: Reuters

Litva hukumati insonparvarlik yordami sifatida Xo‘jayli tumani (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) aholisi uchun COVID-19 infeksiyasiga qarshi vaksinalarni taqdim etdi.

O‘zbekistonning  Riga shahridagi  elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, aksiya doirasida 608 ming doza Pfizer-BioNTech (Omicron BA.4-5) va 78 ming doza Johnson&Johnson (Jcovden) vaksinalari berildi.  

Yordam yukining taxminiy qiymati 13 million yevroni tashkil qiladi. 

Bundan tashqari, 14 may kuni Litva havo yo‘llari samolyoti bortida O‘zbekistonga vaksinalar bepul yetkazib beriladi.

Mavzuga oid
Top