Strategiya loyihasida ekotizimlarni saqlaş va tabiiy resurslardan barqaror foydalaniş yönalişida örmonlar maydonini oşiriş asosiy vazifalardan biri sifatida qayd etilgan. Xususan, yerlarni eroziyadan asraş, melioratsiya obektlarini qum köçişidan himoya qiliş uçun ihota daraxtzorlarini köpaytiriş, şu bilan birga örmon bilan qoplangan umumiy maydonni kengaytiriş rejalaştirilgan.
Loyihada keltirilgan maqsadli körsatkiçlar quyidagiça:
- yerlarni eroziyadan va melioratsiya obektlarini qum köçişidan saqlaş uçun ihota daraxtzorlarini 30 055 gektarga yetkaziş;
- respublikada örmon bilan qoplangan maydonlarni 6,1 million gektarga yetkaziş;
- daraxt va butalarni köpaytiriş uçun har yili 1500 tonna uruğ tayyorlaşni ta’minlaş.
Şu bilan birga, loyihada Orol dengizi qurişi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolar ta’sirini yumşatiş va Orolböyi mintaqasida yaşaş şaroitini yaxşilaşga qaratilgan çora-tadbirlar alohida blok sifatida körsatilgan. Maqsad — mintaqada kökalamzorlaştiriş işlarini kengaytiriş orqali qum-tuz köçişini kamaytiriş va ekotizim barqarorligini oşiriş.
Orolböyi böyiça rejalaştirilayotgan körsatkiçlar:
- Orolböyi mintaqasida 600 ming gektar yaşil maydonlarni barpo etiş;
- Orolböyi mintaqasidagi örmonzorlarni 2,3 million gektarga yetkaziş;
- Orol dengizi hududida yaşil maydonlarning umumiy hajmini 2,6 million gektarga yoki hududning 80 foiziga yetkaziş;
- “Yaşil iqlim” va Global ekologik jamğarmalarning bioxilma-xillik, iqlim özgarişi va tuproq yemirilişining oldini olişga qaratilgan dasturlari asosida 30 mln dollar qiymatidagi loyihalarni amalga oşiriş.
Loyihaga köra, örmonlarni kengaytiriş va Orolböyini kökalamzorlaştiriş böyiça belgilangan çoralar yer degradatsiyasi xavfini pasaytiriş, çang-tuz böronlari ta’sirini yumşatiş hamda mintaqaning ekologik barqarorligini mustahkamlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.







