12:16 / 13.05.2023
11056

Milliy gvardiya xodimlarining ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqishdagi vakolati kengaydi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi.

Foto: Kun.uz

Milliy gvardiya organlarining xodimlariga mayda bezorilik, sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish, voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, jamoat joylarida alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish kabi ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha vakolat berildi.

Bundan tashqari, Milliy gvardiya xodimlari yuqoridagi holatlar bo‘yicha bayonnomalar tuzishi va ularni ko‘rib chiqish uchun sudga yuborishi ham mumkin bo‘ldi.

Qonun e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Top