21:31 / 13.05.2023
61451

Qirg‘izistonda katta qurol-yarog‘ zaxirasi topildi, ushlanganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor 

Sakkiz kishidan iborat jinoiy guruh katta miqdordagi talonchilikda gumonlanmoqda. 

Foto: Kaktus.media

Qirg‘iziston militsiyasi katta miqdordagi qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni topdi. Talonchilikda gumon qilingan sakkiz kishi qo‘lga olindi. Ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor. Bu haqda Kaktus.media nashri yozdi. 

12 may kuni ichki ishlar xodimlari Qora-Suv tumanida zirhli jip avtomobiliga o‘q uzish va valuta ayirboshlash shoxobchasidan 10 millionlab qirg‘iz so‘mini o‘marishda gumonlanayotgan uyushgan jinoiy guruh a’zolarini qo‘lga olgan. 

Militsiya sakkiz kishini tergov izolyatoriga joylashtirgan. Ushlanganlar orasida O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi borligi, ulardan biri, 1993 yilda tug‘ilgan A.T. davlatlararo qidiruvga berilgani aytilmoqda. 

Shuningdek, hibsga olinganlar orasida muqaddam sudlanganlar va xalqaro terroristik tashkilotga aloqador shaxslar, shu jumladan Suriyada jang qilganlar ham bor. 

Gumonlanuvchilarning uylarini tintuv qilish chog‘ida katta hajmdagi qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar, jumladan, o‘nlab pulemyotlar, granatalar, to‘pponchalar, snayper miltiqlari va boshqalar topilgan. 

Top