21:00 / 17.05.2023
11179

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Samarqand shahridagi tadbirlar yakunlangach, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinpingning taklifiga binoan 17 may kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, 18-19 may kunlari Sian shahrida XXR Raisi Si Jinping bilan muzokaralar o‘tkazish, “Markaziy Osiyo - Xitoy” formatidagi sammitda ishtirok etish hamda Xitoyning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
Top