13:45 / 18.05.2023
8030
Reklama

Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan xalqaro forumda Agrobank 2 yo‘nalishda g‘olib deb topildi

Joriy yilning 11–13 may kunlari Saudiya Arabistonida Islom Taraqqiyot bankining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Agrobank vakillari ham ishtirok etdilar.

Forum davomida Agrobank va Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom korporatsiyasi (XSRIK) hamda Xalqaro Islom Savdo-Moliya korporatsiyasi (XISMK) o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi. Mazkur hujjatlar kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish yo‘nalishida hamkorlik qilish imkoniyatlarini beruvchi, tomonlar uchun o‘zaro manfaatli kelishuv hisoblanadi. 

Ushbu nufuzli xalqaro forumda Islom Taraqqiyot Bankiga a’zo 57 ta davlatdan qatnashgan banklar orasidan Agrobank faoliyati va natijalari alohida e’tirof etilib quyidagi:

  • Xalqaro Islom Savdo-Moliya korporatsiyasi tomonidan “IHT mamlakatlari o‘rtasidagi savdoni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi” 
  • Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom korporatsiyasi tomonidan "Yilning eng nufuzli islomiy moliyalash instituti" nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldi.

Shuningdek, Forum davomida Agrobank Boshqaruv Raisi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya va XISMK va XSRIKning delegatsiyalari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi va Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi Islom taraqqiyot bankining tarkibiga kiradi.

Top