15:31 / 19.05.2023
7712

DXX Toshkentda qariyb 111 ming qalbaki dollar muomalaga kiritilishiga chek qo‘ydi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Toshkent shahrida qariyb 111 ming qalbaki AQSh dollarining muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX xabarida aytilgan.

Videodan kadr

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda Sergeli tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, 1974 - 1982 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 4 nafar fuqaro 100 ming qalbaki AQSh dollarini 70 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, ulardan birining yashash xonadonidan ham 10 950 qalbaki AQSh dollari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top