08:07 / 19.05.2023
8004

Kiyev ma’muriyati: Shaharga dronlarning tungi hujumlari qaytarildi

Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari tunda Kiyev yo‘nalishida harakatlangan barcha nishonlarni yo‘q qildi, deb xabar bermoqda Kiyev shahar harbiy ma’muriyati Telegram-kanalida. 

Foto: AP

“Kiyevga zarba berishga yo‘l qo‘yilmaydi”, deb yozadi harbiy ma’muriyat. 

Kiyev shahar harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popkov 19 mayga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari may oyi boshidan beri Kiyevga o‘ninchi havo hujumini amalga oshirganini ta’kidladi. 

Poytaxtdagi so‘nggi trevoga, uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha to‘lqinlarda, parvozlar orasidagi qisqa vaqt oralig‘ida jangovar uchuvchisiz uchoqlardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘ldi. 

"Bunday taktikalar bilan Kreml yovuzligi bizning havo mudofaa kuchimizni yo‘q qilishga, shuningdek, tinch aholiga psixologik ta’sir ko‘rsatishga harakat qilmoqda", - deb yozgan Popkov.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top