04:14 / 21.05.2023
66495

JCh U-20. O‘zbekiston ochilish o‘yinida Argentinaga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonliklar birinchi bo‘lib gol urishiga qaramay yutqazib qo‘ydi.

Foto: UFA

Argentinada 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chemmpionati start oldi. 

A guruhida O‘zbekiston mezbonlarga qarshi ochilishi o‘yinida maydonga tushib, hisobni ochganiga qaramay mag‘lubiyatga uchradi. Mahmudjon Mahamadjonov 27-daqiqada Rahmonaliyevning uzatmasidan keyin mezbonlar darvozasini ishg‘ol etgandi.

Ammo ko‘p o‘tmay Alexo Veliz darvozabon Boymurodovning xatosidan keyin hisobni tenglashtirdi.

Birinchi bo‘lim oxirida esa Valentin Karboni jamoasini oldinga olib chiqdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Yangi Zelandiya Gvatemaladan minimal hisobda ustun keldi. 

Ravshan Haydarov jamoasi 2-turni 23 may kuni Yangi Zelandiyaga qarshi o‘tkazadi. 

JCh U-20. A guruhi. 1-tur. 20 may
Argentina — O‘zbekiston 2:1
Gollar: Veliz (27), Karboni (41) — Mahamadjonov (23). 

Argentina — Gomes, Giay, Di Lollo, Gomes, Barko, Perrone (Redondo, 59), Tanlongo (Miramon, 72), Sule (Romero, 85), Karboni (Infantino, 72), Agirre, Veliz (Maestro, 85). 
O‘zbekiston — Boymurodov, Husanov, O‘rozov, Ortiqboyev (Akramov, 85), Abdurahmatov, Mahamadjonov, Asqarov, Rahmonaliyev, Esanov (Abdurazzoqov, 64), Fayzullayev, Xoldorxonov (Turdimurodov, 77). 
Ogohlantirishlar: Giay (11), Tanlongo (45+7), Ortiqboyev (80). 

Gvatemala — Yangi Zelandiya 0:1
Gol: Garbett (80).

B guruhida esa AQSh Ekvadorni (1:0), Slovakiya Fijini (4:0) mag‘lub etdi.

Top