10:54 / 22.05.2023
6363

4 oyda Koreyaga ishlash uchun borgan O‘zbekiston fuqarolari soni 1,5 mingga yaqinlashdi

Mehnat shartnomasi asosida O‘zbekiston fuqarolari muntazam ravishda Janubiy Koreyaga ishlash maqsadida kirib kelmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Ye-9 vizasi asosida ushbu mamlakatga ishlash maqsadida kelgan fuqarolar soni 1482 nafarni tashkil etmoqda (yanvar oyida 228 nafar, fevral oyida 464 nafar, mart oyida 528 nafar, aprel oyida 262 nafar). Shundan 1244 nafari ilk marotaba kirib kelgan fuqarolar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Janubiy Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRDK) tashkiloti tomonidan belgilangan kvotaga ko‘ra, joriy yilda 110 ming nafar mehnat migrantlari 16 ta davlatdan aynan Ye-9 vizasi asosida kirib kelishi kutilmoqda.

Davlatlar kesimida ajratilgan kvotalar soni Janubiy koreys ish beruvchilarining talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Janubiy Koreyaga ishchilarni yuboruvchi 16 davlatning har biriga o‘rtacha taxminan 6875 nafar fuqaro to‘g‘ri keladi.

 

Mavzuga oid
Top