14:59 / 23.05.2023
20426

Dniproga raketa zarbasi oqibatlari va Belgoroddagi diversantlar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 453-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov 22 may kuni region hududiga «ukrain diversantlari» bostirib kirgani haqida xabar berdi. Rossiya va Ukrainadagi telegram-kanallar ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari va kuchishlatar tuzilmalar xodimlari diversantlar bilan jangga kirishgan. Gladkovning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, chegaradagi aholi yashash manzillari o‘qqa tutilishi oqibatida tinch aholi vakillaridan kamida 12 kishi yaralangan, evakuatsiya vaqtida keksa yoshli ayol halok bo‘lgan. Regionda aksilterror amaliyot rejimi joriy etilgan. 
  • «Diversiya» uchun javobgarlikni Ukraina tomonida jang qilayotgan «Rossiyaga ozodlik» legioni va «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» o‘z zimmasiga olgan.
  • Ukraina mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasidagilar «Rossiyaga ozodlik» legioni va «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» o‘tkazayotgan amaliyotdan maqsad «Ukraina fuqarolari himoyasi uchun xavfsiz yo‘lak tashkil etish» hisoblanishini aytdi. Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixaylo Podolyak keyinroq Ukraina «rossiyalik partizanlar» tomonidan uyushtirilgan diversiyani shunchaki kuzatib borayotganini ma’lum qildi.
  • 22 mayga o‘tar kechasi Dnipropetrovsk oblasti osmonida 15 ta dron va to‘rtta qanotli raketa urib tushirildi. Vayrongarchiliklar va jabrlanganlar bor.

Kunning asosiy voqeasi. Belgorod oblastidagi «diversiya»

22 may kuni Belgorod oblasti Grayvoron shahar okrugi hududiga, mahalliy rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, «Ukraina QK diversiya-razvedka guruhi bostirib kirdi». Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Dronovka, Glotovo, Kozinka va Gora-Podol qishloqlari hududlarida janglar boshlangan, shuningdek «Grayvoron» nazorat-o‘tkazish punktiga ukrainlar tanki kirib kelgan.

Gubernator Vyacheslav Gladkovning ma’lumotlariga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan kamida 12 kishi halok bo‘lgan, yana bir keksa yoshli ayol evakuatsiya chog‘ida vafot etgan. Rossiya telegram-kanallariga ko‘ra, Belgorod oblasti hududim mudofaa kuchlari a’zolaridan biri ham halok bo‘lgan. Oblasti hududida aksilterror amaliyotlar rejimi joriy etilgan.

«Rossiyaga ozodlik» legioni va «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan — ukrain razvedkasi buni tasdiqlagan va amaliyotdan maqsad «Ukraina fuqarolari himoyasi uchun xavfsiz yo‘lak tashkil etish» ekanini aytgan. Ammo Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixaylo Podolyak ukrain hukumati bu voqealarga bevosita aloqador emasligini ma’lum qildi.

Kremldagilar bu hodisani Ukraina qurolli kuchlarining «diqqatni Baxmut yo‘nalishidan chalg‘itib, Ukraina tomonining Artyomovskni yo‘qotishidan siyosiy ta’sirni minimallashtirish»ga urinishi deb baholadi.

«Rossiya ko‘ngillilar korpusi» a’zosi «Grayvoron» nazorat-o‘tkazish punktida Rossiya FXXga tegishli bo‘lgan zirhli transportyor (BTR) yonida
«Rossiya ko‘ngillilar korpusi» askarlari Belgorod oblastidagi «Grayvoron» nazorat-o‘tkazish punktida
Diversantlar yana bir BTR-80 zirhli transportyorini o‘lja qilib olishgan.

Dnipro o‘qqa tutilishi oqibatlari

22 mayga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Dnipro bo‘ylab yoppasiga zarbalar yo‘lladi. Oblast ma’muriyati rahbari Sergey Lisak xabar qilishicha, region ustida jami 15 ta dron va to‘rtta qanotli raketani urib tushirishga muvaffaq bo‘lingan. Hujum vaqtida tinch aholi vakillaridan yetti kishi jabrlangan. Shuningdek, Lisakning ma’lumotiga ko‘ra, oblast hududida uchta xususiy uy va to‘qqizta ko‘p kvartirali uylar, bolalar bog‘chasi, do‘konlar va ma’muriy binolar shikastlangan. Oltita avtomobil yakson etilgan. Dniproning o‘zida uchta xususiy korxona binolari zarbaga uchragan (aynan qanday korxonalar ekaniga aniqlik kiritilmagan).

Dnipro bo‘ylab raketa zarbasidan keyin hosil bo‘lgan ulkan o‘ra atrofida turgan qutqaruvchilar va harbiylar
Seth Herald / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Dniproda rossiyaliklarning raketasi kelib tushgan joylardan biridagi o‘t o‘chiruvchilar
Seth Herald / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
O‘t o‘chiruvchilar qismi va laboratoriya joylashgan binoning ko‘rinishi — bu yerda 27 yoshli yigit jarohat olgan
Seth Herald / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Dniproliklar zarba kelib tushgan bino xarobalari orasida
J. Daniel Hud / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi okoplarda qolayotgan ukrain harbiylari

Ukraina QK jangchisi Baxmut atrofidagi xandaqda. Rossiya tomonining shahar to‘liq egallangani haqidagi bayonotlariga qaramay, Ukraina QK jangchilari oldingi chiziqlarda qolmoqda. Ukraina qo‘mondonligiga ko‘ra, Baxmut uchun jang davom etmoqda.
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari rossiyaliklar pozitsiyasini tankka qarshi granatomyotdan (RPG) o‘qqa tutishga tayyorlanmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Granatomyotdan o‘t ochayotgan ukrainalik jangchi
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Okopdagi ukrain askari
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Irpinda Benksi chizgan graffiti

Kiyev oblastining Irpin shahrida yashovchilar britaniyalik ko‘cha rassomi Benksi chizgan graffitini tomosha qilmoqda — bu ushbu taniqli rassom Kiyev oblastining Rossiya bosqinidan jabr ko‘rgan shaharlarida qoldirgan yetti graffitidan biridir. Irpinda gimnastkachi qiz tasvirlangan graffiti chizilgan binoni buzishga to‘g‘ri keldi, ammo bino devorining Benksi ishi aks etgan qismi saqlab qolindi va yaqin atrofdagi xiyobonga ko‘chirib o‘tkazildi.
Oleksii Chumachenko / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top