14:56 / 24.05.2023
18479

Belgorod oblastidagi janglar izlari va Baxmut atrofidagi tankchilar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 454-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya mudofaa vazirligi 22 may kuni Belgorod oblasti hududiga bostirib kirgan «diversantlar» «qurshab olingani va yakson etilgani» haqida xabar qildi. Gubernator Vyacheslav Gladkov hujum oqibatida tinch aholi vakillaridan 12 kishi yaralangani va bir kishi halok bo‘lganini aytdi. Shuningdek, bir keksa yoshli ayol evakuatsiya vaqtida jon bergan. 23 may kuni kechqurun oblast hududida aksilterror operatsiya rejimi bekor qilindi. Tergov qo‘mitasi olti modda bo‘yicha jinoiy ish ochgan.
  • Volodimir Zelenskiy Donbassdagi front chizig‘iga — Vuhledar-Maryinka mudofaa chizig‘iga keldi. Prezident harbiy xizmatchilarni Ukraina QK HDK dengiz piyodalari kuni bilan tabriklagan va mukofotlagan.
  • Davlat dumasi «zagranpasport»lar olib qo‘yilishi to‘g‘risidagi qonunga tuzatishlar kiritdi. Unga ko‘ra,
  • Rossiya Federatsiyasida muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar chaqiruv e’lon qilinganidan keyin 5 kun ichida xorijga chiqish pasportlarini migratsiya bo‘limlariga saqlash uchun topshirishlari kerak. Agar ular buni qilmasa, hujjat haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Kunning asosiy suratlari. Belgorod oblastida janglar izlari

22 may kuni Belgorod oblastining Ukraina bilan chegaradan olti kilometr masofada joylashgan Grayvoron shahridagi nazorat-o‘tkazish punkti o‘qqa tutildi. Shu kuni keyinroq chegaradagi Kozinka qishlog‘ini ham o‘qqa tutishdi.

Rossiya nashrlari zarbalar ukrain tanklari tomonidan berilganini yozishdi, gubernator Vyacheslav Gladkov Grayvoron shahar okrugi hududiga «Ukraina qurolli kuchlarining diversiya-razvedka guruhi kirgani» haqida xabar qildi. Ko‘p o‘tmay hujum uchun javobgarlikni «Rossiyaga ozodlik» legioni va «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» o‘z zimmalariga olishdi.

Volodimir Zelenskiyning ofisidagilar Ukraina bu hujumga «to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqador emasligi»ni ma’lum qilishdi. Ukraina mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasidagilar amaliyot ishtirokchilarini «Rossiyaning muxolif kayfiyatdagi va Putin rejimiga qarshi qurolli kurash olib borishga tayyor bo‘lgan fuqarolari» deb atadi.

22 may kuni Belgorod oblastida aksilterror operatsiya rejimi e’lon qilindi — bu rejim roppa-rosa bir kun o‘tib, RF mudofaa vazirligi regionga kirib kelgan diversantlar «qurshab olingani va yo‘q qilingani» haqida e’lon qilganidan keyin bekor qilindi.

Vyacheslav Gladkov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida tinch aholi vakillaridan 12 kishi yaralangan, bir ayol avtobusda «evakuatsiya tadbirlari vaqtida» jon bergan. Keyinroq u yana bir qurbon haqida xabar qildi.

«Rossiya ko‘ngillilar korpusi» jangchisi «Grayvoron» nazorat-o‘tkazish punktida
«RKK» Telegram-kanali / Reuters / Scanpix / LETA

 

Grayvoron osmonidagi vertolyot
Aleksandr Chernix / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Grayvoronda hujum oqibatlari
Viktoria Litvin / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Vyacheslav Gladkovning Telegram-kanali
Vyacheslav Gladkovning Telegram-kanali
Vyacheslav Gladkovning Telegram-kanali
Vyacheslav Gladkovning Telegram-kanali

Rossiya va Ukraina prezidentlari urushning 454-kunida

Vladimir Putin va Konstitutsion sud raisi Valeriy Zorkin XVII asrda, fransuz qiroli Lyudovik XIV topshirig‘i bilan tuzilgan xarita ustida. Zorkin bu xaritada Ukraina aks etmaganini aytgan. Keyinroq jurnalistlar xaritada «Ukraine pays des cosaques» («Ukraina kazaklar yeri») yozuvi borligiga va Qrim bu xaritada Kichik Tatariston deb ko‘rsatilganiga e’tibor qaratishdi — G‘arbiy Yevropadagi xaritashunoslar Qrim xonligi yerlarini shunday atashgan
Mixail Klimentev / Kreml matbuot xizmati / AP / Scanpix / LETA
Volodimir Zelenskiy Vuhledar — Maryinka mudofaa chizig‘ida ukrain jangchilari bilan. Prezident 23 may kuni harbiy xizmatchilarni dengiz piyodalari kuni bilan tabriklash uchun frontga keldi
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati 

Baxmut atrofidagi ukrain tankchilari va minomyotchilari

«Edelveys» nomli 10-alohida tog‘-shturm brigadasi jangchilari rossiyaliklarning Baxmut yo‘nalishidagi pozitsiyalariga minomyotdan o‘t ochishga tayyorlanmoqda. «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin va RF mudofaa vazirligi 20 may kuni Baxmut to‘liq egallangani haqida e’lon qilgandi. Ukraina tomoni shahardagi vaziyat og‘ir ekanini tan olgan, ammo uning atrofida hamon janglar davom etmoqda.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
«Edelveys» brigadasi jangchilari minomyotdan o‘t ochmoqda
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
«Edelveys» brigadasi jangchisi dam olish vaqtida
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ukrain tankchilari Baxmut atrofidagi pozitsiyalariga ketmoqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Ukrainlar tanki rossiyaliklar pozitsiyasi bo‘ylab o‘t ochmoqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Ukraina frontining turli hududlaridan suratlar

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top