16:38 / 24.05.2023
18739

O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida 7 ta hamkorlik hujjati imzolandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Singapur prezidenti Halima Yaqub huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida quyidagi hujjatlar imzolandi:

  • O‘zbekiston hukumati va Singapur hukumati o‘rtasida 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Singapur Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • O‘zbekiston Adliya vazirligi va Singapur Adliya vazirligi o‘rtasida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
  • O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi va Singapur Savdo va sanoat vazirligi huzuridagi Singapur turizm boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi va Singapur turizm agentliklari milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Singapur hamkorlik agentligi o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, “yashil” iqtisodiyot sohasidagi qo‘shma faoliyat to‘g‘risida hamkorlik bitimi;
  • O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi va Singapur Biznes federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum.

 

Mavzuga oid
Top