09:49 / 25.05.2023
6813

Toshkentda chiqindi moy mahsulotini qayta ishlash vaqtida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Bektemir tumanida joylashgan tadbirkorlik sub’yektiga qarashli hududda chiqindi moy mahsulotini qayta ishlash vaqtida sig‘im yorilib ketishi natijasida yong‘in yuzaga kelgan.

Toshkent shahrining Bektemir tumanida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Bugun, 25 may kuni soat 02:30 da Toshkent shahar Bektemir tumani «Mirishkor» MFY Chirchiqbo‘yi ko‘chasida joylashgan tadbirkorlik sub’yektiga qarashli hududda chiqindi moy mahsulotini qayta ishlash vaqtida sig‘im yorilib ketishi natijasida yong‘in yuzaga kelgan.

Shunga ko‘ra, 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 02:32 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in  soat 03:09 da o‘rab olingan va soat 03:16 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida 150 kvadrat metr maydonda chiqindi moy mahsulotlari yongan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Mavzuga oid
Top