Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligi: Ukrainani ozod qilish uchun 48 ta F-16 kerak
Ukraina o‘z hududini Rossiya qo‘shinlaridan ozod qilish uchun 4 ta eskadrilya (48 ta samolyot) Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotiga muhtoj. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi tegishli tvitni e’lon qildi.
Foto: Reuters
Ukraina F-16'dan foydalangan holda harbiy operatsiyalar o‘tkazish bo‘yicha qarorlarni o‘zi qabul qiladi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti vakili aytib o‘tdi.
Bundan oldin Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Ukraina yaqin orada F-16 qiruvchi samolyotlarini olishiga umid bildirdi.
Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari kengashining Bryusseldagi yig‘ilishi oldidan u Kiyevga zamonaviy qiruvchi samolyotlar yetkazib berish bo‘yicha koalitsiya tuzish qarorini olqishladi va ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash boshlanganini aytdi, deb yozadi «Ukrinform» o‘z muxbiriga tayanib.
AQSh prezidenti Jo Bayden 19 may kuni Yaponiyaning Xiroshima shahrida bo‘lib o‘tgan G7 yetakchilari sammitida Vashington ukrainalik uchuvchilarni AQShda ishlab chiqarilgan F-16 qiruvchi samolyotlarida o‘qitish rejalarini qo‘llab-quvvatlashi haqida ma’lum qildi.
CNN va AFP ta’kidlashicha, uchuvchilar o‘qitilayotgan vaqtda Ukraina samolyotni qachon qabul qilishi, shuningdek, uni kim va qancha qiruvchi bilan ta’minlashi haqida qarorlar qabul qilinadi.
Mavzuga oid
15:52
Ukrainada Yanukovichga yerni egallab olish ishi bo‘yicha yana 15 yil berildi
15:27
Zelenskiy Davosga safari xavfsizlik kafolatlariga bog‘liqligini aytdi
15:01
Yevroparlament Ukraina uchun YeI kreditini shoshilinch tartibda ko‘rib chiqishni ma’qulladi
11:05