11:02 / 30.05.2023
8439

2022 yilda AQSh fuqaroligini olgan rossiyaliklar soni rekord darajaga yetdi

2022 yilda 10 420 nafar rossiyalik AQSh fuqaroligini oldi. 10 yil davomidagi bu rekord ko‘rsatkich o‘tgan yillarda berilgan arizalarni ko‘rib chiqishning kechikishi natijasida shakllangan. Rossiyaliklar o‘tgan yili 97 ta investitsiya vizasini ham olgan (2021 yilda 9 ta, 2020 yilda 36 ta). Rossiyaliklar «lotereya vizalari» bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Foto: AFP

2022 yilda 10 420 nafar rossiyalik Amerika fuqaroligini oldi, bu 10 yillik rekorddir. Bu haqda Davlat departamenti va AQSh Immigratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati ma’lumotlariga asoslanib hisob-kitob qilgan Second Wind konsalting kompaniyasiga tayanib, «Vedomosti» yozmoqda. 

Xuddi shu ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyaliklar o‘tgan yili 97 ta investitsiya vizasini olgan (2021 yilda - 9 ta, 2020 yilda - 36 ta). Bundan tashqari, rossiyaliklar «lotereya vizalari» bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi: 2022 yilda 9 811 nafar rossiyalik grin-kartani rasmiylashtirgan, shundan 2 642 ta yashash uchun ruxsatnoma Davlat departamenti lotereyasida yutib olingan. Umuman olganda, Rossiya fuqarolari yil davomida 4654 ta immigratsion va 42 770 ta noimmigratsion AQSh vizalari olgan. 2022 yilda Rossiya fuqarolari uchun turistik vizalar soni (V1 va B2 turi) 33 600 tani, rad etish darajasi esa 26,18 foizni tashkil etdi. 

Paragon Advice Group hamkori Aleksandr Zaxarovning so‘zlariga ko‘ra, AQSh fuqaroligi va investitsiya vizalarining ko‘payishi 2017-2019 yillarda topshirilgan arizalarni ko‘rib chiqishning kechiktirilgan natijasidir. Fuqarolikni olish muddati grin-kartani olgandan keyin kamida - besh yil, investitsiya vizasi bo‘yicha - bir yildan to‘rt yilgacha, deb tushuntirdi Zaxarov. Uning qo‘shimcha qilishicha, Amerika kuchishlatar xizmatlari «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganidan keyin kelgan Rossiya fuqarolariga, shu jumladan chegarani noqonuniy kesib o‘tganlar rossiyaliklarga nisbatan vazmin pozitsiyada bo‘lgan.

MDHning boshqa davlatlari fuqarolari uchun vizani rad etish foizi yuqoriroq: Armaniston fuqarolari uchun - 37,8 foiz, Qozog‘iston - 44 foiz, O‘zbekiston - 47 foiz, Tojikiston - 58 foiz, Qirg‘iziston - 37,85 foiz. Umuman olganda, 2022 yilda Qo‘shma Shtatlarda chet elliklarga har xil turdagi vizalar berish sezilarli darajada o‘sdi: noimmigratsion vizalar (shu jumladan turistik, biznes va talaba vizalari) - bir yil oldingiga nisbatan 2,5 baravar ko‘p bo‘ldi. 1 milliondan ortiq xorijliklar grin-karta oldi.

Top