09:13 / 31.05.2023
4576

O‘zbekistondan Chexiyaga dori-darmon tayyorlash uchun xomashyo yetkazib berilishi mumkin

O‘zbekiston Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Chexiyaning Dr. Muller Pharma kompaniyasi vakillari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Kompaniya vakillari Andrea Veris va Irina Filipi muzokaralar davomida O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdorlikni qayd etdi.

Muzokaralar yakunlarida Chexiya tomoni mamlakatdan dori-darmon va kosmetika mahsulotlarini tayyorlash uchun xomashyo yetkazib berish bo‘yicha O‘zbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi bilan yaqin va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.

Dr. Muller Pharma dori vositalari, tibbiyot mahsulotlari, biologik aktiv qo‘shimchalar va kosmetika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yevropa, Afrika va Osiyoning 40 dan ortiq davlatlariga o‘z mahsulotlarini eksport qilib keladi.

Top