21:34 / 31.05.2023
61892

Twitter platformasining bozor qiymati deyarli uch baravar pasaydi – Bloomberg

Bunga tarmoq egasi Ilon Maskning tushunarsiz qarorlari sabab bo‘lgani aytilmoqda. 

Foto: Scott Olson/Getty Images

Twitter ijtimoiy tarmog‘ining bozor qiymati tadbirkor Ilon Mask uni sotib olish uchun to‘lagan pulning uchdan bir qismini tashkil etadi. Bu haqda Fidelity investitsiya holdingi ma’lumotlariga tayanib Bloomberg xabar berdi. 

Mask ijtimoiy tarmoqni 44 milliard dollarga sotib olgan va uning bozor qiymatidan ko‘proq pul to‘laganini tan olgan edi. Yaqinda u kompaniyaning qiymati ikki baravar pasayganini tan oldi. 

O‘z navbatida Fidelity o‘tgan yilning noyabr oyida Twitter aksiyalari qiymati 44 foizga pasayganini, so‘ngra yana 2 marta pasayish bo‘lgani haqida xabar bergan edi. 

Twitter 13 milliard dollarlik umumiy qarz bilan Ilon Maskka sotildi. Uning qabul qilgan tushunarsiz qarorlari ijtimoiy tarmoqning reklama daromadi 50 foizga qisqarishiga olib keldi. Vaziyatni to‘g‘rilash uchun Mask har kimga autentifikatsiya qilish va akkaunt nomi yonida ko‘k belgini olish imkonini beradigan Twitter Blue obunasini taklif qila boshladi. Hozirgacha faol foydalanuvchilarining 1 foizdan kamrog‘i uni sotib olgan. 

Bloomberg Billionaires ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Ilon Mask kompaniyani sotib olayotganda Twitter aksiyalari paketining qiymati 25 mlrd dollar bo‘lgan. Hozir uning qiymati 8,8 mlrd dollarni tashkil qiladi. 

Mavzuga oid
Top