16:29 / 04.06.2023
16463

Dnipro o‘qqa tutilishi oqibatida 2 yoshli chaqaloq halok bo‘ldi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 465-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat qarshi hujumga tayyorligini ma’lum qildi.
  • Belgorod oblasti Shebekino shahar okrugi hududida yana ikki kishi halok bo‘ldi; bu yerda havo hujumidan mudofaa tizimlari ishlamoqda. 2 iyun kuni region o‘qqa tutilishi oqibatida besh kishi halok bo‘lib, yana 16 kishi yaralangandi.
  • Shebekino aholisi bolalar shahardan evakuatsiya qilinishi uchun uch ming rubldan to‘lov qilishiga to‘g‘ri kelganini aytib berdi.
  • Ukrainada 4800 dan ortiq bombapanagohlar tekshirib chiqildi. Ularning to‘rtdan bir qismi yopiq turgani yoki foydalanishga yaroqsizligi ma’lum bo‘lgan.
  • Indoneziya mudofaa vaziri Ukrainadagi urushni to‘xtatishga qaratilgan tinchlik rejasini taklif etdi. U harbiylardan xoli qilingan hududga BMT tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish va «bahsli hududlar»da referendumlar o‘tkazishni nazarda tutadi.
  • Ukraina TIVdagilar esa Ukraina va RF o‘rtasida «referendumlar o‘tkazish kerak bo‘lgan bahsli hududlar mavjud emasligi»ni bildirishdi. Zelenskiyning ofisida indoneziyaliklar rejasini «tiz cho‘kish» bo‘yicha navbatdagi taklif deb atashdi.
  • Vengriya hukumati Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirilgan rolik e’lon qildi. Unda Ukraina xaritasi Qrimsiz ko‘rsatilgan. Kiyev Budapeshtga protest bildirdi.

Dniproning o‘qqa tutilishi

3 iyun kuni kechqurun Rossiya armiyasi Ukrainaning Dnipropetrovsk oblasti Podgorodnoye (Pіdgorodne) shaharchasini o‘qqa tutdi, deb xabar qildi region rahbari Sergey Lisak. Podgorodnoye amalda oblast ma’muriy markazi Dnipro bilan tutashib ketgan va uning shimoliy chekkasi hisoblanadi. 

Rossiya raketasi ikkita ikki qavatli bino o‘rtasiga tushgan, binolarning ikkisi ham qisman shikastlangan. Otishma oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 22 kishi jarohatlangan, shundan besh nafari — bolalar. 10 ta xususiy uy, do‘konlar, gaz o‘tkazish quvuri va avtomobil shikastlangan.

4 iyun tongida Lisak qutqaruvchilar xarobalar ostidan ikki yoshli qizaloq jasadini chiqarib olishganini xabar qildi.

4 iyunga o‘tar kechasi oblastning boshqa bir shahri — Nikopol artilleriyadan o‘qqa tutilgan. Lisakning xabariga ko‘ra, hujum oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Shuningdek, u «„Vostok“ havo hujumidan mudofaa kuchlari oblast ustida ikkita qanotli raketa va bitta dronni urib tushirgani»ni ma’lum qilgan.

Podgorodnoyeda zarba kelib tushgan joyda ishlayotgan qutqaruvchilar
Ukraina FVDX / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina FVDX / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina FVDX / EPA / Scanpix / LETA

Kiyevda qon topshirish jarayoni 

Kiyevliklar donorlik mobil markazida ukrain armiyasi ehtiyojlari uchun qon topshirmoqda
Roman Pilipey / Getty Images
Kiyevda harbiylar va fuqarolar qon topshirish uchun navbat kutmoqda
Roman Pilipey / Getty Images

Xerson oblastida insonparvarlik yordami tarqatilishi

Xarkiv ko‘chalarida insonparvarlik yordami tarqatilishi. Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshidan ushbu shaharning shimoliy rayoni Saltovka muntazam ravishda artilleriyadan o‘qqa tutilgan. Hayoti doimiy xavf ostida bo‘lishi, elektr va ichimlik suvi ta’minotidagi uzilishlarga qaramay, xarkivliklarning ko‘pchiligi shaharda qolishda davom etgan.
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA

Posad-Pokrovskoye qishlog‘idagi vayrongarchiliklar

Posad-Pokrovskoye — Xerson va Mikolaiyv oblastlari chegarasidagi qishloq, 2001 yilda o‘tkazilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yerda ikki yarim ming atrofida kishi yashagan. Qishloq bosqinning ilk kunlarida rossiyalik harbiylar tomonidan bosib olingan, bu vaqtda ularning mobil guruhlari Mikolayiv ostonasigacha yetib borgandi. 2022 yil mart oyi oxirlarida rus qo‘shinlari olib ketilishi va Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumga o‘tishi davomida Posad-Pokrovskoye ozod etilgan, ammo okkupatsiya davridagi vayrongarchiliklar tufayli aholining aksar qismi qo‘shni Mikolayivga ketishga majbur bo‘lgan. Qishloq deokkupatsiyadan keyin ham artilleriya zarbalari uchun nishonligicha qolgan.

Xerson oblasti Posad-Pokrovskoye qishlog‘ida artilleriya zarbalaridan vayron bo‘lgan uylar
Svitlana Horieva / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Svitlana Horieva / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Svitlana Horieva / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Svitlana Horieva / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donetsk oblasti Makiyivka shahri o‘qqa tutilishi oqibatlari

Ukraina hududida har kungi yangiliklarda nomi uchraydigan ko‘plab aholi yashash manzillari mavjud. Bunday yangiliklarda eng ko‘p tilga olinadigan joylar 2014 yildan buyon rossiyaparast kuchlar nazoratida qolayotgan yo‘ldosh shaharlardir. Makiyivka ham muntazam ravishda artilleriya va raketa zarbalari ostida qoladi, urush boshidan buyon eng ko‘lamlisi shu yil 1 yanvariga o‘tar kechasi ro‘y bergandi — o‘shanda Ukraina qurolli kuchlari safarbar qilingan rossiyalik harbiy xizmatchilar yotoqxonasiga zarba berishi oqibatida kamida 63 kishi halok bo‘lgandi.

Makiyivka aholisi vakillari yaqinda bo‘lib o‘tgan otishma oqibatida vayron bo‘lgan uy yonidan o‘tishmoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Makiyivkada yashovchi Aran otishma oqibatida vayron bo‘lgan do‘koni o‘rnida.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Belgorod oblasti o‘qqa tutilishi va evakuatsiya

1 iyundan Belgorod oblastining chegaradagi qishloqlari va Shebekino shahri Ukraina tomonining artilleriya zarbalari uchun nishonga aylandi. Region gubernatori Vyacheslav Gladkovning 2 iyun kungi ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar oqibatida 5 kishi halok bo‘lib, 16 kishi yaralangan. 3 iyun kuni Shebekinoda yana ikki kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Rasmiylar mahalliy aholi evakuatsiyasi va Belgorodda vaqtincha joylashtirish markazlarini tashkillashtirgan, bir kunda chegara hududlarida ikki yarim mingdan ortiq kishi olib chiqilgan. 

3 iyun tongida gubernator regionda evakuatsiya qilingan aholini oliy o‘quv yurtlari va kollejlardagi yotoqxonalarga joylashtirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Belgorod oblasti Shebekino shahrida yashovchilar mahalliy pabliklarga bergan intervyularida bolalarning shahardan evakuatsiyasi uchun uch ming rubldan to‘lashga to‘g‘ri kelganidan shikoyat qilishgan. 

2 iyun kuni kechqurun Belgorod oblasti rahbari Vyacheslav Gladkov Sobolevki qishlog‘i o‘qqa tutilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, yana olti kishi yaralanganini xabar qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qishloq «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘qqa tutilgan, snaryadlar xususiy sektorga kelib tushgan. Qurbonlar otishma vaqtida o‘z uylari hovlisida bo‘lishgan, olingan jarohatlardan voqea joyida halok bo‘lishgan.  Otishma oqibatida qishloqda xo‘jalik binosi va garaj yonib ketgan, to‘rtta uy shikastlangan.
Belgorod oblastida evakuatsiya qilingan aholi «Belgorod-arena» stadioni binosida. Ular orasida Shebekino va chegaradagi boshqa aholi yashash manzillaridan olib kelinganlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Olga Malseva / AFP / Scanpix / LETA

Belgorod oblastida insonparvarlik yordami tarqatilishi

Olga Malseva / AFP / Scanpix / LETA
Belgorod oblastining chegaradagi rayonlaridan evakuatsiya qilingan kishilar insonparvarlik yordami olib ketmoqda
Olga Malseva / AFP / Scanpix / LETA

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top