Indoneziya mudofaa vaziri Prabovo Subianto Singapurda bölib ötayotgan «Şangri-La muloqoti» xavfsizlik konferensiyasida Ukrainadagi uruşni tinç yöl bilan hal qiliş böyiça öz rejasini taklif qildi, deb yozadi TASS.

Boşqa narsalar qatorida, Subiantoning rejasi quyidagilarni nazarda tutadi: 

  • har ikki tomondan zudlik bilan öt oçişni töxtatiş; 
  • demilitarizatsiya zonasini yaratiş - har bir tomon hozirgi pozitsiyalaridan 15 kilometr uzoqlikda çekinişi kerak; 
  • uşbu zonada xalqaro tinçlikparvar kuçlarni joylaştiriş; 
  • BMT vositaçiligida «bahsli hududlar»da referendumlar ötkaziş (Subianto bu qaysi hududlar ekanligiga aniqlik kiritmadi). 

Vazirning sözlariga köra, taklif etilayotgan çora-tadbirlar «tarixda öz samarasini körsatgan», jumladan, Koreya yarimorolida ham. «Ha, Koreyadagi mojaro hali ham doimiy yeçimga muhtoj. Biroq, 50 yil davomida bizda heç bölmaganda biroz tinçlik bor, bu ommaviy vayronagarçilik va begunoh odamlarni öldirişdan köra yaxşiroqdir», deya qöşimça qildi u. 

May oyida Politico Qöşma Ştatlar Rossiya-Ukraina uruşini Koreya yarimorolidagi mojaro kabi yillar yoki ehtimol önlab yillar davomida saqlanib qoladigan muzlatilgan mojaroga aylantiriş imkoniyatini istisno etmayotgani töğrisida yozgan edi. Öz navbatida, Moskva va Kiyev mojaroni muzlatişga qarşi çiqdi. 

Öşa oyda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev tinçlik muzokaralariga qarşi emasligini, biroq heç qanday hududiy yon bosişga tayyor emasligini aytdi.