Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Yaponiya Afg‘oniston xalqiga yordam ko‘rsatish masalasini muhokama qildi
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Yaponiya elchisi Hatori Takashi bilan uchrashdi.
Foto: Dunyo
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, ushbu mamlakatda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Afg‘oniston xalqiga humanitar yordam ko‘rsatish, Afg‘onistonning mintaqa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, mamlakatning tranzit salohiyatidan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Qo‘shma ta’lim va humanitar loyihalarni amalga oshirish uchun Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi, shuningdek, «Termez Kargo Tsentr» transport-logistika habi salohiyatidan birgalikda foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
11:47 / 21.01.2026
Sindzo Abeni otib o‘ldirgan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi
15:57 / 20.01.2026
Yaponiya bosh vaziri muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini e’lon qildi
14:16 / 20.01.2026
Afg‘onlarning yarmidan ko‘pining Germaniyaga kirish ruxsatnomalari bekor qilindi
18:35 / 18.01.2026