15:55 / 09.06.2023
19326

Toshqindan qutqarilayotgan jonivorlar va Luhansk oblastidagi janglar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 470-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukrain hukumati Kaxovka GES to‘g‘oni buzilishi va hududni suv bosishidan keyin Xerson oblastida evakuatsiya jarayonini davom ettirmoqda.
  • Xerson oblastining bir qismini egallab olgan Rossiya tomoni ham suv bosgan hududlardan odamlarni olib chiqmoqda. Ammo mahalliy aholi vakillari va ko‘ngillilar rasmiy qutqaruv amaliyoti ko‘ngildagidek ketmayotgani haqida xabarlar berishgan.
  • Rossiyalik harbiylar jabrlanganlarni evakuatsiya qilish vaqtida suv bosgan Xersonni o‘qqa tutgan. To‘qqiz kishi yaralangan.
  • 8 iyun kuni kechqurun Rossiya Cherkass oblastining Umani rayonini ham o‘qqa tutdi. Region harbiy ma’muriyati rahbari Igor Taburetsga ko‘ra, sakkiz kishi yaralangan, ulardan ikki nafari — og‘ir ahvolda.
  • Ukrain harbiylari «uzoq kutilgan qarshi hujum»ni boshladi, deb xabar qildi The Washington Post. Ukraina qurolli kuchlari Donetsk oblastida faqat «lokal amaliyotlar» olib borilayotganini aytgan.
  • Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi razvedkasi hisobotida aytilishicha, Ukraina frontdagi uchastkalarning ko‘p qismida tashabbusni qo‘lga olgan.

 Kun kadri. Xerson oblastining okkupatsiya qilingan qismining sun’iy yo‘ldosh orqali olingan surati

Suv ostida qolgan Oleshki shahrining sun’iy yo‘ldoshdan ko‘rinishi. Mahalliy aholi Kaxovka GES to‘g‘oni buzilishi keltirib chiqargan suv toshqini yaqinlashib kelishi va oqibatlari bilan birinchilardan bo‘lib to‘qnashdi.
Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA

Kaxovka GES vayron bo‘lishi oqibatlari 

Golaya Pristan — Xerson oblastining Rossiya tomonidan anneksiya qilingan qismida joylashgan bu shahar Kaxovka GES to‘g‘oni buzilishidan keyin suv ostida qoldi. Shaharda elektr yo‘q, telefon aloqasi ham ishlamayapti. Rossiya tomoniga ko‘ra, «Ukraina tomonidan amalga oshirilayotgan intensiv o‘qqa tutish holatlari» evakuatsiya jarayoniga xalal bermoqda, amo mahalliy aholi o‘zlari taqdir hukmiga tashlab qo‘yilganini aytishgan — harbiylar ularga shahardan chiqishga ruxsat bermagan. Ular shuningdek, qutqaruvchilar va qayiqlar yetishmovchiligi haqida aytib berishgan.
Golaya Pristan uzra tutun. RF Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, ukrain harbiylari shahar aholisini evakuatsiya qilish punktini o‘qqa tutgan. Xerson oblastining okkupatsiya qilingan qismi rahbari Vladimir Saldoning so‘zlariga ko‘ra, hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, yana ikki kishi yaralangan. Kiyev zarba haqidagi ma’lumotni tasdiqlamagan
Rossiya artilleriyasining ukrainlar vezdexodiga qarata yo‘naltirilgan snaryadi portlashi. Surat Xersondagi evakuatsiya chog‘ida olingan
Stas Kozliuk / EPA / Scanpix / LETA
Xersonning suv ostida qolgan qismida mebel ustida o‘tirgan mushuk. Mahalliy aholi va ko‘ngillilar tashlab ketilgan uy jonivorlarini saqlab qolish uchun katta ish qilayotgan bo‘lishsa-da, Kaxovka GES to‘g‘oni buzilishi oqibatida ro‘y bergan halokat vaqtida ko‘plab jonivorlar halok bo‘lgan
Aleksey Filippov / AFP / Scanpix / LETA

Xersonda yashovchi oila evakuatsiya arafasida suv bosgan kvartirasidan qimmatli buyumlarini olib ketishga urinmoqda
Matthew Hatcher / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukraina Milliy gvardiyasi xizmatchilari Xersonning suv bosgan hududi aholisiga yegulik yetkazmoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Xersonning suv bosgan tumanlaridan biriga olib boruvchi yo‘l, aholi shu yo‘l orqali evakuatsiya qilinmoqda
Nicolas Cleuet / Le Pictorium Agency / ZUMA Press / Scanpix / LETA

Luhansk oblastidagi oldingi chiziqda turgan ukrain askarlari

Ukrainalik harbiy xizmatchi Kreminna shahri atrofidagi front liniyasida. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabining 9 iyun kungi hisobotida xabar qilinishicha, ukrain qo‘shini RF armiyasining bu yo‘nalishdagi hujumlarini qaytarmoqda.
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Kreminna hududidagi ukrain harbiylari
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchilar granatomyotdan rossiyaliklarning Kreminna hududidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining Donbass shimolidagi dala hospitali 

Ukrainalik shifokorlar front chizig‘idan yetkazilgan yarador harbiy xizmatchini olib ketishmoqda. Jabrlanuvchilarga Donetsk oblastining Kiyev nazoratidagi qismida joylashtirilgan dala hospitalida yordam ko‘rsatiladi.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari dala hospitalidagi palatalardan biri
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top