11:07 / 10.06.2023
17566

Reuters: Qozog‘iston prezidenti To‘qayev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumiga kelmaydi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev iyun oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tadigan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida qatnashmaydi. Bu haqda Reuters Qozog‘iston vazirlar mahkamasi bayonotiga tayanib xabar berdi.

Foto: Reuters

Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati agentlikka bu yil Peterburg xalqaro iqtisodiy forumiga respublikadan faqat ikki vakil borishini aytdi: bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar va milliy iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Timur Jaqsiliqov. 

Ukrainadagi keng miqyosli harbiy harakatlar boshlanishidan oldin Rossiya har yili forumda dunyo yetakchilari va biznes-gigantlarni qabul qilgan, ammo hozir g‘arb rasmiylari va ishbilarmonlari Rossiya bilan aloqa qilishdan qochyapti, deya qayd etadi Reuters.

Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi 2023 yil 14-17 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Forumga «DXR» va «LXR» rahbarlari, Turkiya, Misr, Afg‘oniston va Suriyadan delegatsiyalar, Efiopiya va Malidan ishtirokchilar kelishi kerak. 17 iyun kuni Peterburgda Putinning Afrika yetakchilari bilan uchrashuvi rejalashtirilgan. 

Top