02:05 / 11.06.2023
37680

«Manchester Siti» - ilk bor Chempionlar Ligasi g‘olibi

Foto: Getty Images

Yevropa Chempionlar Ligasida 2022/23 yilgi mavsum yakunlandi. 

Istanbulda o‘tgan finalda «Manchester Siti» «Inter» bilan to‘qnash kelib, Rodrining yagona goli evaziga tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

«Shaharliklar» o‘z tarixida ilk bor Yevropaning tengsiz klubiga aylandi, shuningdek, trebl qayd etdi. Gvardiola jamoasi bu mavsumda APL va Angliya Kubogida ham g‘olib  chiqqandi.

YeChL. Final
Manchester Siti — Inter 1:0

10 iyun, Otaturk nomidagi Olimpiya stadioni
Gol: Rodri (68).
Manchester Siti – Ederson, Ake, Diash, Akanji, Stounz (Uoker, 82), Gundo‘g‘an, de Bryuyne (Foden, 36), Grilish, Silva, Rodri, Holand.
Inter – Onana, Dumfris (Bellanova, 76), Darmian (D'Ambrozio, 84), Acherbi, Bastoni (Gozens, 76), Dimarko, Brozovich, Chalxono‘g‘li (Mxitaryan, 84), Barella, Jyeko (Lukaku, 57), Martines.
Ogohlantirishlar: Barella (59), Lukaku (83), Holand (90+2), Onana (90+2), Ederson (90+4).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top