Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dream Park (G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i)da Pepsi bilan futbol oyligi bo‘lib o‘tdi
10 iyun kuni Dream Park (G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i) ajoyib futbol bayramiga mezbonlik qildi va unda har bir muxlis sport o‘yinlarida bellashish, katta ekranda futbol tomosha qilish, shuningdek, raqsdagi bor mahoratini ko‘rsatib, sevimli ijrochisi bilan birga qo‘shiq kuylash imkoniga ega bo‘ldi.
Foto: Pepsi
Asosiy sahnada professional raqqoslar va tomoshabinlar o‘rtasida qizg‘in battllar bo‘lib o‘tdi.
Fritstaylerlarni kuzatish va to‘p bilan tryuklarni takrorlashga urinish hammasidan ham zavqlisi edi, barcha muxlislar mukofot sifatida Pepsi'dan esdalik sovg‘alar olishdi.


Kechaning maxsus mehmoni — reper Konsta juda ham iliq kutib olindi va u bilan birga mashhur xitlari ijro etildi. Shuningdek, muxlislarga san’atkorning dastxati tushirilgan to‘p sovg‘a qilindi.

Katta ekranda namoyish etilgan UYeFA Chempionlar Ligasi final uchrashuvining jonli translatsiyasi kechaning asosiy voqeligi bo‘ldi.

Bundan tashqari, istirohat bog‘i mehmonlari uchun ochiq osmon ostidagi fan-zona tashkil qilingan edi, u yerda Pepsi va Lays bilan birga har kim o‘zining sevimli jamoasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘ldi.

Oldinda juda ko‘p qiziqarli tadbirlar bor!
Yangiliklarni Instagram'dagi @pepsi_uzbekistan sahifasida kuzatib boring.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 24.09.2025
Toshkentda Pepsi Music Fest 2025 muvaffaqiyatli yakunlandi
19:00 / 12.09.2025
Akon, Big Baby Tape, Irina Kayratovna va o‘n minglab tomoshabinlar - Pepsi Music Fest - yanada balandroq, yanada yorqinroq!
19:00 / 04.09.2025
PEPSIMANIYA davom etmoqda!
12:00 / 20.08.2025