Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangihayot tumanida ko‘pqavatli uyda yong‘in chiqdi
Kecha lift avariyasi ro‘y bergan Yangi Darxon mahallasidagi uylardan birida yong‘in chiqdi. FVVga ko‘ra, jismonan jabrlanganlar yo‘q.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
19 iyun kuni Toshkent shahri, Yangihayot tumani, «Yangi Darxon» mahallasi, Navo ko‘chasida joylashgan ko‘pqavatli uyda yong‘in chiqdi.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB) xabariga ko‘ra, yong‘in haqida ma’lumot soat 20:29 da kelib tushgan. Shundan so‘ng, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon soat 20:38 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 20:56 da o‘rab olingan va soat 20:59 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida jismonan jabrlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.
Rasmiy xabarda yong‘in oqibatida 15-qavatdagi xonadonda 5 kv.m maydonda ko‘rpa yonib zararlangani aytiladi. Internetda tarqalgan videolarda esa ko‘p qavatli uyning 15-qavatidagi yong‘in 16-qavatga ham o‘tganini ko‘rish mumkin.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026