Jahon | 14:51 / 24.06.2023
52074
2 daqiqa o‘qiladi

«Bu ortdan pichoq urish» – Ramzan Qodirov Prigojin boshlagan isyonga munosabat bildirdi

Foto: TASS

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari, avvalroq o‘zi bilan dahanaki jangga borgan Yeveniy Prigojin boshlagan harbiy isyonga ilk marta munosabat bildirdi.

«Tun qiyin o‘tdi. Otishmalar sabab bu xiyonatga munosabat bildirishga ham vaqt bo‘lmadi. Bo‘layotgan ishlar ortdan pichoq urish va harbiy isyondir.

Urush shaxsiy adovat haqida gapiradigan vaqt emasdigi haqida ko‘p gapirganman. Qarshisida dushman, ortida esa xiyonat bo‘lgan okopdagi askarlar nimani his qilayotganini tasavvur qiling. Tarix bunday voqealar oqibatida ko‘p qon to‘kilishiga guvoh bo‘lgan. «Maxsus harbiy amaliyot»dagi yo‘qotishlar kam edimi? Endi mamlakat ichikarisidagi muammolarni ham hal qilishimiz kerakmi?

Bizda vaziyatni ikir-chikirigacha biladigan, holatni qandaydir tadbirkordan yaxshiroq tushunadigan xalq saylagan oliy bosh qo‘mondon bor. Vladimir Vladimirovich o‘z murojaatida aytganidek, bu harbiy isyon va bu ishni oqlab bo‘lmaydi. Vladimir Putinning har bir so‘zlarini qo‘llab-quvvatlayman.

Vatanimiz jangchilariga yuzlanib provakatsiyaga uchramasliklarini so‘ramoqchiman. Bu holatdan G‘arbdagi dushmanlarimiz qanday foydalanayotganini ko‘rib qo‘ying. Ular odamlarimizni qo‘rqitish uchun uydirmalar tarqatishmoqda. Prigojining xoinlarcha marshidan shunday bo‘lishi kutilayotgandi ham.

Bu Mudofaa vazirligiga emas, butun davlatimizga chaqiruv. Chechenistondagi Rosgvardiya va Mudofaa vazirligi jangchilari keskinlik qayd etilgan hududlarga jo‘nab ketishgan. Biz Rossiyaning birligini ta’minlash uchun qo‘limizdag kelganini qilamiz. Isyon bostirilishi kerak. Bu uchun keskin choralash ko‘rish kerak bo‘lsa, biz tayyormiz», deb yozdi Qodirov 3 milliondan ortiq obunachisi bor Telegram-kanalida.

Mavzuga oid