Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovning ma’lum qilişiça, Ukraina uçuvçisiz uçoğining Rossiya maxsus kuçlari universiteti (RUS) Gudermes hududidagi binosiga hujumi natijasida Ukraina Qurolli kuçlarining asirga olingan harbiy xizmatçilari orasida qurbonlar bölgan. Bu haqda u 29 oktyabr, seşanba kuni keçki payt özining Telegram-kanalida yozdi.
«Avval aytganimdek, hujum natijasida biz tomonda qurbonlar yöq, ammo ular ukrainalik asirlar orasida bor», — deya aniqlik kiritdi u «respublikadagi har bir strategik obektda», şu jumladan. RUSda 10 nafargaça ukrainalik asir uşlab turilganini bildirib. Qodirov öz sözlari va ölganlarning aniq sonini tasdiqlagani yöq.
Ukrainaning «Suspilne» telekanali manbalari Ukraina maxsus xizmatlaridan RUS binosiga urilgan dron Doğiston yoki Inguşetiyadan uçirilgan bölişi mumkinligini tasdiqlovçi ma’lumot oldi.
Gudermesdagi maxsus kuçlar universitetiga dron hujumi uyuştirildi
RUSga «uçuvçisiz uçoq hujumi» amalga oşirildi, dedi Qodirov şu kuni avvalroq. Uning sözlariga köra, erta tongda zarba natijasida ta’lim muassasasi hududida «böş binoning tomi» yonib ketgan. «Ölganlar va jarohatlanganlar yöq», — degandi u yonğin allaqaçon öçirilganini bildirib.
Rossiya Telegram-kanallari, jumladan, Baza ham Gudermesdagi maxsus kuçlar universitetining boş binosiga öxşaş yonayotgan bino suratlarini çop etdi. Rasmlardan birida tomdagi ikkita alanga tasvirlangan. Baza qayd etganidek, bu Çeçeniston hududiga birinçi dron hujumidir.









