Chechenistonda maxsus kuchlar universitetiga dron hujum qildi. Ramzan Qodirov qasos olishga va’da berdi
Checheniston rahbarining taxminicha, ushbu obekt harbiy kadrlar «o‘chog‘i» bo‘lgani uchun tanlangan. Ukraina Qurolli kuchlari unga hujum qilish orqali «qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lgan».

Foto: Telegram/Ramzan Qodirov
29 oktyabr kuni Rossiya maxsus kuchlari universitetiga dron hujum qildi. Hodisa oqibatida universitet tomida yong‘in chiqqan. Rasmiylarning ma’lum qilishicha, bino bo‘sh bo‘lgani sabab hech kimga zarar yetmagan. Putin nomidagi ushbu universitetga 2013 yilda asos solingan bo‘lib, u maxsus kuchlar uchun kadrlarni tayyorlaydigan Rossiyadagi yagona ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov Gudermesdagi universitetga uyushtirilgan hujumga «ularning tushiga ham kirmagan qasos bilan» javob qaytarishini ma’lum qildi. U frontda jang qilayotgan komandirlariga Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) askarlarini «asirga olmaslikni» va «kurashni 100 foizdan ortiqqa oshirishni» buyurdi.
«Ular bizni tishladi, biz ularni yo‘q qilamiz. Yaqin vaqt ichida shunday qasos olamizki, bu ularning tushiga ham kirmagan. Biz bilan hazillashishlariga yo‘l qo‘ymaymiz» — deydi Qodirov.
Checheniston rahbarining taxminicha, ushbu obekt harbiy kadrlar «o‘chog‘i» bo‘lgani uchun tanlangan. UQK unga hujum qilish orqali «qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lgan». Ramzan Qodirov endi chechen jangchilari maxsus harbiy operatsiya zonasidagi kurashini ikki barobarga oshirishini va’da qildi.
«Bugun jangda qatnashayotgan barcha komandirlarimga ko‘rsatma berdim: asirga olmaslik, yo‘q qilish va kurashni 100 foizga oshirish. Chechenlar o‘zlarining harbiy imkoniyatlarini hali oshira olishini tushunib yetishsin», — deydi u. Qodirovning qo‘shimcha qilishicha, tergov mazkur hujum qanday yuz berganini aniqlaydi va barcha aybdorlar jazoga tortiladi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amazon TikTokʼni sotib olishga ariza berdi
Jahon | 23:40 / 02.04.2025
-
Tramp inauguratsiyadan so‘ng ilk marta Rossiya kompaniyalariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etdi
Jahon | 23:09 / 02.04.2025
-
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi
Jahon | 23:07 / 02.04.2025
-
Kipr parlamentida Roman Abramovichning firmasini tekshirish talab qilindi
Jahon | 22:37 / 02.04.2025
Mavzuga oid

23:16 / 01.04.2025
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi

20:24 / 01.04.2025
Ramzon Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li Checheniston politsiyasi kuratori etib tayinlandi

12:28 / 28.03.2025
Ramzan Qodirov va Kreml o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lgani aytilmoqda

18:24 / 19.03.2025