Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Rossiyani Ukrainaning hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqirdi
Hussayn Amir-Abdullohiyon. Foto: almayadeen.net
Eron hukumati har bir davlatning, jumladan Ukrainaning hududiy yaxlitligiga ishonadi. Bu haqda Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Hussayn Amir-Abdullohiyon ta’kidlagan.
«Ukraina masalasiga kelsak, biz har bir davlatning, jumladan, Ukrainaning hududiy yaxlitligiga ishonamiz va u xalqaro huquqlar asosida barcha davlatlar uchun bosh ustuvor masala bo‘lishi kerak. Biz, albatta, urushning siyosiy muloqot yo‘li bilan tugatish lozimligini qayd etishda davom etamiz», — deya Eron TIV rahbarining 17 iyul kuni Tehronda Ummon tashqi ishlar vazir Badr ibn Hamad ibn Hamud al-Busaydiy bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘zlagan nutqidan iqtibos keltirgan IRNA.
Eronning Rossiyaga ters bayonotlar berishi bejiz emas. Avvalroq Eron TIV Rossiyaning Erondagi elchisi Aleksey Dedovni Fors ko‘rfazidagi uchta orol bo‘yicha Moskvaning pozitsiyasi tufayli chaqirtirgan edi, deb yozadi Kommersant.ru.
Gap tegishliligi Eron va BAA o‘rtasida talash bo‘layotgan Abu Muso, Katta Tunb va Kichik Tunb orollari haqida bormoqda. RF elchisining chaqirilishiga sabab Rossiya–Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorligi kengashi strategik muloqotining vazirlar majlisida chiqarilgan qo‘shma bayonotdan Tehronning norozi bo‘lganidir.
«Rossiya elchisi TIVga chaqirilgach, biz Rossiya hukumatidan tegishli tushuntirishlarni oldik, biroq biz ularni yetarli deb hisoblamaymiz va kelgusida bu amaliyotning Rossiya yoki boshqa davlatlarning Eron hududiy yaxlitligiga nisbatan takrorlanishini qabul qilmaymiz»,— degan paydo bo‘lgan vaziyatni izohlar ekan Amir-Abdullohiyon.
Mavzuga oid
20:32 / 22.01.2026
Eron norozilik namoyishlarida 3 mingdan ortiq odam halok bo‘lganini rasman e’lon qildi
15:18 / 22.01.2026
Grenlandiya bo‘yicha bahs Ukrainaga ko‘mak haqidagi muzokaralarni izdan chiqardi
14:05 / 22.01.2026
RF Ukrainaga “Iskander” va qariyb 100 ta dron bilan hujum qildi
12:56 / 22.01.2026