“Yevropa davlatlari ham energetik resurslar kamaygani hisobiga kömirga ötişni boşladi. Bu tendensiya faqat Özbekistonda emas, hamma joyda bölyapti. Xitoydagi kömir stansiyalari 1-2 yil oldin yopilgan bölsa, hozirgi kunga kelib yana oçilyapti. Özbekistonda ham kömir sifatini yaxşilaş böyiça tavsiyalar berilmoqda”, deydi mas’ullar.
Ekologiya vazirligi e’lon qilgan tahlillarda Toşkent şahri havosining qiş oylarida ifloslanişiga ayrim taşkilot va korxonalarning kömir va mazut bilan işlayotgani asosiy sabab qilib körsatilgandi. 2023 yil qiş oyidagi energetik kollaps sabab elektr energiyasini tejaş uçun 5 mingdan ortiq muassasalar kömirga ötkazilişi haqida qaror çiqqan edi.
Kun.uz muxbiri Ekologiya vazirligida ötgan matbuot anjumanida şu qaror qabul qilinganda vazirlik qanday munosabat bildirganini söradi.
“Öşanda nega Ekologiya vazirligi bu qarorga qarşi çiqmadi? Agar taklifni Energetika vazirligi bergan bölsa, vazirlik sizlardan xulosa olganmi?” – degan savol berildi.
Ekologiya vazirligi ekologik siyosat boşqarmasi boşliği Farrux Sattorov buni ötgan yildan boşlab dunyoda energetik krizis kuzatilgani, rivojlangan davlatlar ham kömirga ötgani bilan izohladi.
“Yevropa davlatlari ham energetik resurslar kamaygani hisobiga kömirga ötişni boşladi. Va bu tendensiya faqat Özbekistonda emas, hamma joyda bölyapti. Misol uçun Xitoyni gapirayotgan bölsangiz, kömir stansiyalari 1-2 yil oldin yopilgan bölsa, hozirgi kunga kelib yana oçilyapti. Iqtisodiyot ham rivojlanyapti, kömir masalasiga keladigan bölsak, vazirlik sifatida biz “Özbekkömir” bilan işlayapmiz, köp takliflarni kömir sifatini yaxşilaş böyiça Energetika vazirligiga beryapmiz. Çunki kömirning sifati yaxşi emas edi, ma’lum bir standartlar, tavsiyalar berilyapti”, – dedi Sattorov 12 yanvar kuni ötgan matbuot anjumanida.
Kömirga ötayotgan Özbekiston: bu ob-havo sifatiga qanday ta’sir qiladi?
Savolga javobni davlat Ekologik nazorat inspeksiyasi vakili Xurşid Pirov töldirdi. Mutaxassisning ta’kidlaşiça, vazirlik oçiqça qarşilik körsatmagan bölsa ham, kömir taşlamalari nazoratini olib boryapti va yirik zavod, fabrikalarga kömirdan foydalaniş böyiça öz tavsiyalarini bergan.


















