Kömirga ötiş harakatlari
2023 yil yanvar oyida şu vaqtgaça deyarli heç qaçon gaz va elektr tanqisligini boşidan ötkazmagan poytaxtliklar ham bir neça kunlab gaz va elektr tokisiz qolib ketişdi. Bunday vaziyatda davlat nimadir qilişga, keyingi yilgi qiş mavsumi uçun turli çoralar körişga şoşilyapti. Sobiq energetika vaziri Alişer Sultonov 2 yil oldin «gazimiz 3ta Özbekistonni boqişga yetadi», deb işonç bilan aytganiga qaramay, hukumat hozir gaz zaxiralarimiz qolmaganini peş qilyapti. Yeçim sifatida aholi uylariga quyoş panellari örnatiş va ayrim ijtimoiy obektlarni kömirga ötkaziş taklif qilinyapti.
Prezident qarorida aytilişiça, endi Özbekistonda gazni tejaş maqsadida maktab, boğça, şifoxona va zavodlarning ma’lum bir qismining istiş tizimi kömirda işlaşga moslaştiriladi. Yil oxirigaça 5407ta ijtimoiy obekt uçun 184,4 ming tonna kömir yetkazib berilişi kerak. Fuqarolarining qişda jon saqlaşiga qayğurilayotgani yaxşi, biroq bu ekologiyaga tahdid evaziga bölmasligi kerak. Kömirdan foydalaniş vaqtinça çora bölsa ham, yetarliça ekologik muammolarga sabab bölişi mumkin. Şuning uçun ham butun dunyoda ayni damda kömirdan foydalanişni qisqartirişga ötilib, davlatlar uçun limitlar belgilaş boşlangan.
Global isişga ta’siri
Kömir dunyoda insoniyat foydalanadigan yoqilğilar içida tabiatni eng köp ifloslovçi hisoblanadi. Statistikaga qaralsa, 1 daraja kötarilgan global isişning 0,3 darajasi kömir hissasiga töğri keladi. Elektr işlab çiqarişda foydalanilayotgan kömir esa karbonat angidrid çiqindilarining 30 foizini taşkil qiladi. Yoki elektr energiyasini kömir bilan işlab çiqarganda gazga qaraganda 72 foiz köproq CO2 ajralib çiqadi. 2021 yilda dunyodagi CO2ʼning 40 foiziga kömir yoqilişi sabab bölgan. Kömirga global isişga sabab bölayotgan eng katta ifloslantiruvçi sifatida ham qaraladi. Kömirdan tarqaladigan zaharlar uni qazib oliş, taşişdan to foydalanişgaça bölgan jarayonda atrof-muhit, havo, tuproq va suvni ifloslaydi.
COPʼlardagi taqiqlar haqida
Har yili butun dunyo davlatlari yiğilib ötkazadigan UNFCCC’ning Tomonlar konferensiyasi, ya’ni COP (Conference of the Parties)da kömirdan foydalanişni qisqartiriş kun tartibidagi birinçi masala sifatida köriladi. Kömirdan yirik miqdorda foydalanuvçi yirik davlatlarga bu yoqilğini qisqartiriş böyiça talablar qöyiladi. 2021 yilda ötgan COP26ʼda mamlakatlar kömirdan butunlay voz keçiş örniga bosqiçma-bosqiç kamaytiriş yölini tanlaşgandi. Kömir global isişning 40 foizini keltirib çiqarsa, buning katta qismi esa Xitoy va Hindistonga töğri keladi.
2022 yilda kömir iste’moli avvalgi yilga nisbatan 1,2 foizga ösib, 8,025 mlrd tonnani taşkil etgan va bu rekord körsatkiç.
Quyida bir yilda eng köp miqdorda kömirdan foydalanuvçi 5 davlatni köriş mumkin:
- Xitoy – 3, 942 mln tonna;
- Hindiston – 767 mln tonna;
- Indoneziya – 550 mln tonna;
- Amerika Qöşma Ştatlari – 544 mln tonna;
- Avstraliya – 544 mln tonna.
COP uçraşuvlarida har yili Özbekistondan ham vakillar qatnaşib, turli majburiyatlar olişadi. Aksar vazifalar issiqxona gazlari çiqarişni imkon qadar kamaytirişga qaratilgan böladi.
Kömir gazidan zaharlaniş
Kömirning soğliqqa bir neça tomonlama ta’siri haqida gapirişdan oldin uning is gaziga aylanib, inson hayotiga xavf tuğdirişiga töxtaliş kerak. Bu qanday böladi?
Kömir yaxşi yonmay qolganda undan is gazi — CO ajralib çiqadi. Agar qölbola peçlarning oğzi yaxşi mahkamlanmagan yoki dudburonlar qurumga tölib qolgan bölsa, is gazi xonaning içiga tarqab, ölimga ham sabab bölişi mumkin.
Is gazidan zaharlaniş statistikasiga köra, 2020 yildan boşlab 2022 yilning may oyigaça Özbekistonda is gazidan 428 zaharlaniş holati qayd etilgan, ularning 366 nafari vafot etib, yana 307 kişi turli darajada zaharlangan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga köra, zaharlanişlarga gaz, kömir, ötin va boşqa muqobil yoqilği turlaridan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik sabab böladi.
Hozirça Özbekistonda maktab, şifoxona kabi ijtimoiy obektlarni kömir bilan isitişda qanday usuldan foyldalaniş böyiça aniq ma’lumot berilmadi. Agar maktablarda kömir yoqiladigan peçlardan foydalanilsa, bu –bolalarning is gazidan zaharlaniş ehtimolini paydo qiladi.
Kömir yoqilganda çiqadigan zaharli moddalar
Kömirda işlaydigan turli obektlar, fabrika va korxonalardan turli xildagi zaharli moddalar havoga çiqib, ham inson, ham hayvonot dunyosiga ta’sir qiladi. Xöş, kömir yoqilganda qanday zaharli moddalar paydo böladi?
Asosiy va eng xavfli moddalar oltingugurt va azot oksidi hisoblanadi. Köp miqdorda kömir yoqilganda oltingugurt, azot oksidi ham yirik miqdorda ajralib havoga kötariladi. Ular yomğirga qöşilib suv havzalari va örmonlarga yoğadi, bu esa bioxilmaxillikning kamayişiga sabab böladi.
Şuningdek, atmosferaga sulfat va nitrat kabi öpkaga zararli bölgan mayda zarraçalar ham çiqadi.
Bundan taşqari, kömir yoqilganda özidan simob va CO2 ham ajrata boşlaydi. Umuman yuqorida sanalgan moddalarning yirik miqdori inson salomatligi uçun xavfli hisoblanadi.
Qanday kasalliklarga sabab böladi?
Avvalo, oltingugurt dioksidi astma qözğaş xususiyatiga ega, azot oksidlari esa öpka funksiyasini özgartirib yuboradi, bolalarda nafas yöli kasalliklarini köpaytiradi. Simob esa markaziy asab sistemasi, oşqozoq-içak, buyrak faoliyatining işlaşini buzadi.
Şuningdek, homilaning yaxşi rivojlanişini sustlaştiradi. Bulardan taşqari ham kömirdan çiqadigan bir qança zararli zarraçalar borki, ularning ayrimlari immun tizimini kuçsizlantirsa, ayrimlari saratonga sabab bölişi mumkin.
Xulosa örnida
Hozirgaça dunyoda kömirdan ajraladigan zaharni tutib qoladigan biror filtr uskunasi yoki boşqa usul öylab topilgan emas. Yil oxirigaça 5407ta ijtimoiy obekt kömirda isitişga ötkazilişi şundoq ham havas qilarli toza havosi bölmagan özbekistonliklar uçun yaşaşni yana ham qiyinlaştirib qöyadi.
Toşkent oxirgi vaqtlarda yiliga bir neça marta dunyoda eng iflos havoli şaharlar reytingida birinçi örinni egallaydi. Özbekistonning boşqa şaharlari havosi haqida esa, aniq tahlillar yöq. Çunki Toşkentda örnatilgan havo sifatini yuqori aniqlikda ölçaydigan uskuna boşqa hududlarga hali yetib bormagan.
Yana bir narsani eslatib ötiş kerakki, Özbekiston 2018 yilda Iqlim böyiça Parij kelişuvini ratifikatsiya qilgan. 2030 yilgaça yalpi içki mahsulot birligiga nisbatan issiqxona gazlari (karbonat angidrid, metan, azot oksidi) ajratilişi hajmini 2010 yildagi bazaviy darajadan 35 foizga kamaytirişga va’da bergandi.
Kömirga ötiş esa issiqxona gazlarini köpayişiga xizmat qilişi mumkin. Qişda sovqotmaslikning bir çorasi sifatida kömir tanlanayotgani vaqtinça çora bölgan taqdirda ham tabiat va aholi soğliğiga ta’sirini körsatmay qolmaydi. Butun dunyo muqobil energiya yöllarini izlayotgan paytda Özbekistonning kömirga qaytişi ekologiya uçun orqaga yuriş böladi xolos.
Zuhra Abduhalimova, jurnalist












