Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron va YeOII Ostonada vaqtinchalik bitimni imzoladi
Foto: khamenei.ir
Ostona iqtisodiy forumi vaqtida Eron va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) erkin savdo zonasi to‘g‘risida vaqtinchalik bitimni imzoladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Vaqtinchalik bitimda bahslarni hal qilishning samarali mexanizmi nazarda tutilgan, jumladan, arbitraj. Arbitrlarni tomonlar aniqlaydi va kelishib oladi, shu jumladan, arbitraj joyi haqida. Shuningdek, tomonlarning yuqori mansabdor shaxslar darajasida qo‘shma qo‘mita tashkil etilmoqda, biznes-muloqotni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan», - deya aytib o‘tdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeOIK) Kollegiyasi rahbari Tigran Sarkisyan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vaqtinchalik bitim uch yillik muddatga imzolanadi, bu vaqtda tomonlar erkin savdo zonasi to‘g‘risida to‘la shakldagi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishishi lozim. Sarkisyanning ta'kidlashicha, mamlakatlar muzokarachilariga avvaldan to‘laqonli kelishuvni ishlab chiqish borasida istiqbolli vazifa yuklatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Tojikistonga YeOII doirasida kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qilgandi.
Mavzuga oid
16:19
Tramp Eron masalasida nima qilishi mumkin?
14:27
Yaqin Sharqda keskinlik: AQSh bazalardagi shaxsiy tarkibni qisqartirmoqda
09:42
Eron havo hududi yopilishi: Uzbekistan Airways, Jazeera va Fly One Asia reyslari yo‘nalishini o‘zgartirdi
09:09