Rossiya Tojikistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida kuzatuvçi maqomiga ega böliş imkoniyatini körib çiqişni taklif qildi, deya xabar berdi Rossiya boş vazirining birinçi örinbosari Igor Şuvalov.

"Biz Tojikiston Respublikasiga ikki tomonlama kun tartibi fonida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida kuzatuvçi davlat maqomiga jiddiy e'tibor qaratişni taklif qildik", - deya aytib ötdi Şuvalov RF-Tojikiston hukumatlararo komissiyasi yiğilişi yakunlari böyiça.

Uning ta'kidlaşiça, bunday maqom ittifoqda a'zolikni anglatmaydi, heç qanday siyosiy jihatga ega emas, biroq tovar aylanmasi va iqtisodiy aloqalarning yaxşilanişiga xizmat qiladi.

"Fitosanitar nazorat, veterinariya nazorati, texnik tartibga soliş, standartlar masalasi – bu tovarlarning erkin harakatlanişiga olib keluvçi barça narsalar. Biz özimiz bilan kun tartibini rivojlantirayotgan MDH davlatlari YeOII böyiça şeriklar bilan nimalar qilayotganimizni tuşunişidan manfaatdormiz", - deya aniqlik kiritgan Şuvalov.

"Biz Rossiyada işlab çiqarilmaydigan mahsulotlar RFning Tojikistondagi uruğlik fondi yordamida işlab çiqarilişi hamda Rossiya va boşqa davlatlar bozoriga yetkazib berilişidan manfaatdormiz", - deya qöşimça qilib ötdi u.