Jahon | 09:08 / 21.11.2016
25434
2 daqiqa o‘qiladi

Obama AQShning Rossiyadan farqini ma'lum qildi

Foto: © AFP

Rossiya jiddiy harbiy kuchga ega bo‘lsa-da, global miqyosdagi muammolarni hal etish bilan AQSh shug‘ullanadi. Amerika yetakchisi Barak Obama OTIH sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida shunday fikrlarni bildirgan. Anjuman Oq uyning YouTube sahifasida jonli ravishda efirga uzatilgan. 

Obama Rossiya xususida fikr bildirar ekan, uni «juda muhim harbiy qudratli davlat» deb atagan. Shu bilan birga, u misol tariqasida ikki davlatni taqqoslab, Moskva Gaitini «Mettyu» to‘fonidan keyin qanday tiklash haqida qayg‘urmasligini ta'kidlagan. «Buni biz qilamiz va bu faxr bilan ko‘tarishimiz lozim bo‘lgan og‘ir yukdir», — degan AQSh rahbari. 

Obama Xitoy xususida ham fikr bildirar ekan, Pekin ma'muriyati Parij iqlim kelishuvini shakllantirishga munosib hissa qo‘shganini qayd etib, biroq mazkur shartnomaga 200ga yaqin davlat qo‘shilgani XXR xizmatining samarasi emasligini ta'kidlagan.


 

Mavzuga oid