Poytaxt IIB O‘zbekiston–Eron o‘yiniga kelmoqchi bo‘lgan muxlislarga murojaat qildi
Chiptasi bor muxlislarga imkon qadar vaqtliroq yo‘lga chiqib, shaxsiy avtomobilda emas, jamoat transportida kelish tavsiya etiladi. IIBB stadionga chiptasiz kelmaslikni so‘radi: chiptasi bo‘lmagan fuqarolar qo‘riqlanadigan maydonga kiritilmaydi.
Bugun, 10 oktyabr kuni soat 19:00 da Toshkentdagi milliy stadionda futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Eron milliy jamoalari Jahon chempionati saralash o‘yinini o‘tkazadi.
O‘yin uchun iticket.uz sayti orqali sotuvga chiqarilgan barcha chiptalar sotib bo‘lingan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun Milliy gvardiya bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Sizlardan futbol maydoniga o‘yin boshlanishidan vaqtliroq tashrif buyurishingizni, shaxsiy transportingizda emas, balki jamoat transportida kelishingizni, chiptalarsiz futbol maydoniga kelmasligingizni (chiptalarsiz maydonga kiritilmaydi) so‘rab qolamiz. Futbol ishqibozlariga qulaylik yaratish va tirbandliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘shimcha jamoat transportlari ajratilganini ma’lum qilamiz.
Shuningdek, futbol ishqibozlari maydonda jamoat tartibiga va o‘rnatilgan qoidalarga qat’iy rioya qilishlarini, muxlislik madaniyatiga amal qilishlarini so‘raymiz”, – deyiladi IIBB murojaatida.
Boshqarma bugungi o‘yinda O‘zbekiston milliy jamoasiga omad tilagan.
Mavzuga oid
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024
Poytaxt IIBB Otabek Bakirov ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi
23:26 / 18.12.2024