Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda issiq va ichimlik suvni hisobga olish bo‘yicha «aqlli» asboblar o‘rnatiladi
Foto: RIA Novosti / Vitaliy Ankov
Toshkentda kvartiralar ichiga issiq va ichimlik suvni hisobga olish smart-asboblar o‘rnatish dasturi ishlab chiqiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ilovasida aytilgan.
Hujjatga ko‘ra kommunal xizmatlar yagona billing tizimini ishlab chiqish uchun texnik talablar ishlab chiqiladi va topshiriq belgilanadi.
Shuningdek, 2020-2022 yillarda kvartiralar ichiga issiq va ichimlik suvni hisobga olish smart-asboblar o‘rnatish dasturi 2019 yil 1 avgustgacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Ijro muddati - 2019 yil 1 aprelgacha, mas'ullar - Toshkent shahar hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Investitsiyalar davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yunusobod tumanida ko‘p kvartirali uy-joy fondi professional boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqarilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:02 / 30.12.2025
Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
23:34 / 25.12.2025
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
16:25 / 25.12.2025