Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar xodimlarini obro‘sizlantirishda ayblangan Asadbek Jumayevning qamoqdagi suratlari tarqatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Uzbelas Performance avtoservisi rahbari Asadbek Jumayevning ma’muriy qamoqda jazo o‘tayotgani suratlari tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlar
Suratlarda uning sochi olingani va hibsxonani supurayotganini ko‘rish mumkin.
23 yoshli Asadbek Jumayev yanvar oyi boshida tarqatgan videosi uchun ichki ishlar xodimlarini obro‘sizlantirishda ayblanib, 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosini o‘tayapti.
U tarqatgan videoda BMW X5 va X7 rusumli ikkita avtomobil to‘xtash ishorasini bergan YPX xodimlarining talablariga bo‘ysunmay, ketib qolganini ko‘rish mumkin. Asadbek keyinchalik bu videoda YPX xodimlari masxaraomuz ko‘ringanini tan olgan.

O‘sha paytda unga bu harakati uchun tegishli moddada ko‘rsatilgan minimal jazo – BHMning 20 baravari miqdorida jazo tayinlangan edi. Lekin keyinroq Jumayev: “Boshqalar 15 sutka o‘tirib chiqadigan vaziyatda, men tanishlarim ko‘pligi uchun atigi o‘nta minimalka (jarimani 15 kunda to‘lab, 50 foiz chegirma olgan bo‘lishi mumkin) bilan qutulib ketdim”, degan mazmunda intervyu berib chiqdi.
Intervyu jamoatchilik orasida katta rezonans berganidan keyin, prokuratura sud qaroriga protest kiritdi va Toshkent shahar sudining qarori bilan jarima jazosi bekor qilinib, tegishli moddada ko‘rsatilgan maksimal sanksiya – 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosiga almashtirildi.
Bu orada, yanvar oyi boshidagi voqeada BMW'lardan birining rulida bo‘lgan 10-sinf o‘quvchisi keyinchalik, 25 fevral kuni YPX xodimini urib ketgani – rezonansni yanada kuchaytirdi.
Jabrlangan inspektor Hosilbek Eshnazarov kecha, 27 fevral kuni vafot etdi. U bugun Qashqadaryoda dafn etildi.
Mavzuga oid
08:00
Zaharlangan bolalar va bezori “yosh boyvachchalar” - hafta dayjesti
09:38 / 28.02.2026
Toshkent iqlimiga mos ko‘chatlar yetishtirish yo‘lga qo‘yildi
18:16 / 27.02.2026
10-sinf o‘quvchisi Toshkentdagi poyga vaqtida BMW’da urib ketgan YPX xodimi vafot etdi
16:05 / 27.02.2026