09:09 / 11.05.2016
3919

Fergyuson Pochettino bilan uchrashdi

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq bosh murabbiyi va ayni vaqtda klub rahbariyati tizimida faoliyat olib borayotgan Aleks Fergyuson 10 may kuni «Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan uchrashgan.

«Shporlar» rahbariyati ham bu uchrashuvdan boxabar bo‘lgan.

Pochettino bukmekerlar tomonidan «Manchester Yunayted»ning navbatdagi bosh murabbiyi bo‘lish uchun nisbatan ko‘proq imkoniyatga ega nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Manchesterliklar rahbariyatiga mutaxassisning yoshlar bilan ishlashdagi omilkorligi ma'qul kelgani aytiladi.

Bundan oldinroq, ushbu mutaxassis jamoasi bilan shartnomasini 2021 yilgacha uzaytirishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top